O‘zbekistonda avtomobillar savdosi kamaydi

© Sputnik / Baxrom XatamovAvtomobilnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli
Avtomobilnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2025
Obuna bo‘lish
Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi esa ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekistonda fevral oyida birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlaridagi faollik o‘rtacha pasayishni ko‘rsatdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi barqarorlikni ko‘rsatdi. Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi esa ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi. Elektromobillar segmentida oy yakunlari bo‘yicha faollik pasayganiga qaramay, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish kuzatildi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Hozirgi sharoitda yengil avtomobillar bozorida sotuvlarning umumiy pasayishi kuzatilmoqda, bu asosan xorijiy avtomobil segmentidagi faollikning pasayishi bilan bog‘liq.
“Fevral oyida yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 14,5%ga kamaydi va 67,2 mingta avtomobilni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi deyarli o‘zgarmagan. Ular 21,7 ming dona avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, yangi xorijiy avtomobillar segmentida sotuvlar 2 barobardan ortiqroqqa kamaydi.

Avtomobillarning ikkilamchi bozori

Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat ham faollikning pasayishi bilan tavsiflanadi. Fevral oyida sotuvlar 43,3 ming dona avtomobilni tashkil etib, joriy yilning yanvariga nisbatan 16%ga kamaygan.

Elektr avtomobil bozorining dinamikasi

Yangi yengil elektromobillar segmenti faollikning pasayishini ko‘rsatmoqda. Fevral oyida sotuvlar 2,9 mingta elektromobilni tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 11%ga kam, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa faollik ikki baravardan ko‘proq oshdi.
Avtomobilnoe dvijenie v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2024
Avtomobil sanoati: mahalliylashtirish va eksport bo‘yicha vazifalar qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0