Endi ekofaollarga ham faxriy unvon beriladi — shartlar

© Sputnik / Aktan TemirkanovPovsednevnaya jizn v Samarkande.
Povsednevnaya jizn v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2025
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog" faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Tegishli qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etildi.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog" faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
“Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatganlik ham inobatga olinadi.
Unvonni aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollar qo‘lga kiritishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0