Toshkentda isitish mavsumi yakunlandi

© Sputnik / Baxrom XatamovJiloy kompleks v Tashkente, arxivnoe foto
Jiloy kompleks v Tashkente, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Obuna bo‘lish
Isitish mavsumi yakunlangach, keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining muhim bosqichi boshlanadi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 18-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlandi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
“2024-2025 yillardagi isitish mavsumi rasman 2025-yil 18-martda yakunlanishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, belgilangan meyorlarga ko‘ra, isitish mavsumi o‘rtacha sutkalik havo harorati +8°C dan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab tugaydi. So‘nggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18-19°C va undan yuqori, kechalari esa +8°C dan pastga tushgani yo‘q.
Gidrometeorologiya markazining prognoziga ko‘ra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20-22°C, kechasi esa +10°Cdan yuqori bo‘ladi.
“Poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat +12-13°C dan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan meyorlarga mos keladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
"Veolia Energy Tashkent" ma’lum qilganidek, isitish mavsumi yakunlangach, keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining muhim bosqichi boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 2024-yil 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlangan edi.
Avvalroq senator Anvar Tuychiyev ma’lum qilganidek, bu yil qish fasli asosan quruq keldi. Yog‘ingarchilik taqchilligi kuzatildi. O‘zbekiston hududining katta qismida qish davrida yog‘ingarchilik meyoridan 40 foizdan 70 foizgacha tashkil etdi. Bu o‘z navbatida tog‘li hududlarda qor to‘planishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Yangiliklar lentasi
0