O‘tgan yili O‘zbekiston hududlari eng ko‘p qaysi mahsulotlarni yetishtirgan?
Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning eng ko‘p qismi Qashqaradyo (12,7 foiz), Toshkent (11,3 foiz) va Buxoro (9,0 foiz) viloyatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.


2024 yilda O‘zbekiston hududlari eng ko‘p yetishtirgan mahsulotlar:
Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (998,5 ming tonna);
Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1 833,7 ming tonna);
Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (747,6 ming tonna);
Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (351,5 ming tonna);
Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (699,9 ming tonna);
Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (666,1 ming tonna);
Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (345,9 ming tonna);
Samarqandda eng ko‘p – 1 456,0 ming tonna sut olingan;
Toshkent viloyatida eng ko‘p – 1 608,1 million dona tuxum olingan;
Xorazmda eng ko‘p – 33,0 ming tonna baliq ovlangan;
Samarqandda 1 765,8 ming bosh yirik shoxli qoramol bor;
Qashqadaryoda 5 109,7 ming bosh qo‘y va echkilar bor;
Toshkent viloyatida eng ko‘p – 57 009 bosh otlar bor.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.