Mirziyoyev fermer va tomorqa yer egasini "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Obuna bo‘lish
Prezidentning tegishli farmoni bilan Egamberdi Sobirov va To‘lqinjon Mansurovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan Xorazm viloyatidagi fermer xo‘jaligi boshlig‘i va Toshkent viloyatidagi shaxsiy tomorqa yer egasi "Do‘stlik" ordenlari bilan mukofotlandi.
Hujjatga ko‘ra, Egamberdi Sobirov mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofot quyidagi xizmatlar uchun berilmoqda:
zamonaviy agrotexnika usullarini qo‘llash orqali hududning og‘ir va murakkab sharoitida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;
paxta va g‘alla yo‘nalishlarida yuqori hosildorlikka erishish;
aholi farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shish;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish;
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etish.

“Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi "Sultonboy Xonimjon" fermer xo‘jaligi boshlig‘i Sobirov Egamberdi Sultonovich "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlansin”, — deyiladi hujjat matnida.

Shuningdek, mamlakatda tomorqachilikni rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan To‘lqinjon Mansurov ham "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofot quyidagi xizmatlar uchun berilmoqda:
sabzavotchilik hamda asalarichilikni samarali yo‘lga qo‘yish;
mo‘l va sifatli hosil yetishtirish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
har qarich yerdan unumli foydalanib, o‘zining tashabbuskorligi, omilkorligi, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna ko‘rsatish;
yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash.

“Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Mansurov To‘lqinjon Nosirovich "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlansin”, — deya qayd etilgan hujjat matnida.

V Uzbekistane zemli posle sbora urojaya videlyayut nujdayushimsya v sospodderjke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2025
O‘zbekiston paxta, bug‘doy, uzum va meva navlarini ko‘paytirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0