https://oz.sputniknews.uz/20250318/eoii-eron-48470759.html
YeOII va Eron tovar ayirboshlash hajmini rekord darajaga yetkazuvchi kelishuv kuchga kirmoqda
YeOII va Eron tovar ayirboshlash hajmini rekord darajaga yetkazuvchi kelishuv kuchga kirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilning 15-mayida YeOII va Eron o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi to‘liq kelishuv kuchga kiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnev ma’lum qildi.
2025-03-18T17:01+0500
2025-03-18T17:01+0500
2025-03-18T17:01+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
eron
tovar
savdo
bitim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/667/80/6678048_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_5f39db3581f58b6764f21576279531fb.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Joriy yilning 15-mayida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi to‘liq kelishuv kuchga kiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov ma’lum qildi.YeIK Eron Islom Respublikasidan YeOII va Eron o‘rtasida to‘liq huquqli Erkin savdo bitimi kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki tartib-qoidalar bajarilganligi to‘g‘risida rasmiy xabarnoma oldi.2025 yil yanvarida Eron tomoniga YeOIIda barcha tartib-qoidalar yakunlangani haqida bildirishnoma yuborilgan edi.Yangi kelishuvning amalga oshirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishning samarali vositasiga aylanadi va yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini rekord darajadagi 12 milliard dollarga yetkazishga yordam beradi.Ta’kidlanishicha, bu joriy hajmlarga nisbatan qariyb ikki baravar o‘sishni anglatadi.Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 25-dekabrda Sankt-Peterburgda to‘liq huquqli Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim imzolanib, tomonlar o‘rtasida barcha tovarlar assortimentining deyarli 90 foizi uchun boj olinmaydigan rejim o‘rnatildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250225/erkin-savdo-kelishuv-eron-iqtisod-hamkorlik-eik-48118087.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/667/80/6678048_300:0:1200:675_1920x0_80_0_0_f7644cb6f072aa12c38a5c55b00418d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii eron erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuv yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) savdo vaziri andrey slepnev
yeoii eron erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuv yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) savdo vaziri andrey slepnev
YeOII va Eron tovar ayirboshlash hajmini rekord darajaga yetkazuvchi kelishuv kuchga kirmoqda
YeIK: Yangi kelishuvning amalga oshirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishning samarali vositasiga aylanadi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Joriy yilning 15-mayida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasidagi erkin savdo to‘g‘risidagi to‘liq kelishuv kuchga kiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov
ma’lum qildi. YeIK Eron Islom Respublikasidan YeOII va Eron o‘rtasida to‘liq huquqli Erkin savdo bitimi kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki tartib-qoidalar bajarilganligi to‘g‘risida rasmiy xabarnoma oldi.
2025 yil yanvarida Eron tomoniga YeOIIda barcha tartib-qoidalar yakunlangani haqida bildirishnoma yuborilgan edi.
“Kelishuv qoidalariga muvofiq, zarur tartib-qoidalar bajarilganligini tasdiqlovchi eslatmalar almashinuvidan so‘ng hujjatning kuchga kirishi uchun 60 kunlik muddat ko‘zda tutilgan. Shunday qilib, bitim 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi”, — dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov.
Yangi kelishuvning amalga oshirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishning samarali vositasiga aylanadi va yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini rekord darajadagi 12 milliard dollarga yetkazishga yordam beradi.
Ta’kidlanishicha, bu joriy hajmlarga nisbatan qariyb ikki baravar o‘sishni anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 25-dekabrda Sankt-Peterburgda to‘liq huquqli Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim imzolanib, tomonlar o‘rtasida barcha tovarlar assortimentining deyarli 90 foizi uchun boj olinmaydigan rejim o‘rnatildi.