https://oz.sputniknews.uz/20250317/ozbekiston-eoii-hamkorlik-48426428.html
O‘zbekiston va YeOII savdo va logistika masalalari bo‘yicha biznes-muloqot o‘tkazadi
O‘zbekiston va YeOII savdo va logistika masalalari bo‘yicha biznes-muloqot o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
Shu yil Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va O‘zbekiston o‘rtasida savdo va logistika masalalariga bag‘ishlan biznes-muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi xabar berdi.
2025-03-17T09:00+0500
2025-03-17T09:00+0500
2025-03-17T10:29+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
moskva
o‘zbekiston
hamkorlik
yeik
agroekspress
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/10/48426707_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_611fe42284786939f9bbda4dc488bb00.jpg
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Shu yil Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va O‘zbekiston o‘rtasida savdo va logistika masalalariga bag‘ishlangan biznes-muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi xabar berdi.Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va O‘zbekiston hukumatining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda YeIKning integratsiya va makroiqtisodiy masalalar bo‘yicha vaziri Eldar Alisherov, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ishtirok etdi.Qayd etilishicha, ishtirokchilar ikki tomonlama savdo va logistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish hamda agrar va sanoat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.Shuningdek, Yevroosiyo agroekspressi loyihasi doirasida agrar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun yangi transport-logistika yo‘nalishlarini yaratish, savdo hajmini oshirish va mavjud transport muammolarini hal etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:Otajonov yig‘ilish davomida agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonga joriy etish va "Yevroosiyo agroekspressi" loyihasini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z takliflarini bildirdi.U, shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va sohaga investitsiyalarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.Qayd etilganidek, Movskvada bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro savdo yo‘nalishlarini kengaytirishga qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250301/eoii-ishbilarmonlik-faolligi-48190605.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/10/48426707_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_25699b3cdc36b9f41ec3a140244c86f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (yeoii) o‘zbekiston savdo va logistika biznes-muloqot qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (yeoii) o‘zbekiston savdo va logistika biznes-muloqot qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi
O‘zbekiston va YeOII savdo va logistika masalalari bo‘yicha biznes-muloqot o‘tkazadi
09:00 17.03.2025 (yangilandi: 10:29 17.03.2025) Moskvada agrar va sanoat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Shu yil Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va O‘zbekiston o‘rtasida savdo va logistika masalalariga bag‘ishlangan biznes-muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi xabar berdi.
Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va O‘zbekiston hukumatining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda YeIKning integratsiya va makroiqtisodiy masalalar bo‘yicha vaziri Eldar Alisherov, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ishtirokchilar ikki tomonlama savdo va logistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish hamda agrar va sanoat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, Yevroosiyo agroekspressi loyihasi doirasida agrar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun yangi transport-logistika yo‘nalishlarini yaratish, savdo hajmini oshirish va mavjud transport muammolarini hal etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
“Dori-darmonlar identifikatsiyasini tan olish bo‘yicha tashabbus bildirilib, bu orqali dori vositalarining xavfsizligini ta’minlash va ularning turli mamlakatlarda tan olinishi yengillashtirish maqsad qilingan”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
O‘zbekiston va YeOII davlatlari o‘rtasida sanoat hamkorligini kuchaytirish;
qishloq xo‘jaligida innovatsion resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma loyihalar;
bojxona tranziti tizimini yangilash orqali savdo jarayonlarini yengillashtirish va tezlashtirish;
tashuvchilar uchun "yashil yo‘lak" tizimini joriy qilish.
Otajonov yig‘ilish davomida agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonga joriy etish va "Yevroosiyo agroekspressi" loyihasini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z takliflarini bildirdi.
U, shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va sohaga investitsiyalarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.
“2025 yilda YeOII va O‘zbekiston o‘rtasida savdo va logistika masalalariga bag‘ishlangan biznes-muloqot o‘tkazish, 2026-yilda esa O‘zbekistonda ishchi guruhning beshinchi yig‘ilishini tashkil etish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilganidek, Movskvada bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro savdo yo‘nalishlarini kengaytirishga qaratildi.