https://oz.sputniknews.uz/20250316/senat-beshinchi-yalpi-majlis-48425264.html
Senatning beshinchi yalpi majlisi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Senatning beshinchi yalpi majlisi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi. Unda Senatning beshinchi yalpi majlisini 2025-yil 17-mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi
2025-03-16T10:00+0500
2025-03-16T10:00+0500
2025-03-16T10:00+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
senatorlar
majlis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/05/48256352_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6cbc493c1a220b35465cf0e3b1933cc3.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi 17-mart kuni chaqiriladi. Bu haqda yuqori palata Kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, yalpi majlisda prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan yo‘nalishlardan kelib chiqib, Senat hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar ko‘rib chiqiladi.Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday tashabbuslarni ilgari surdi?Shuningdek, Suv kodeksini tasdiqlash, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim qonunlar muhokama qilinadi.Senatorlar tomonidan zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.Bundan tashqari, sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga, qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qonunlarni ham muhokama qilish rejalashtirilgan.Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsmanning) va Bola huquqlari bo‘yicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) 2024-yildagi faoliyati bo‘yicha ma’ruzalari eshitiladi.Shuningdek, bir qator xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishga doir, o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari bilan bog‘liq masalalar ham yalpi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/05/48256352_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_565fa1caee840201a9387824df4e20a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis senati kengashining navbatdagi majlisi senat raisi tanzila narbayeva senatning beshinchi yalpi majlisi
oliy majlis senati kengashining navbatdagi majlisi senat raisi tanzila narbayeva senatning beshinchi yalpi majlisi
Senatning beshinchi yalpi majlisi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Yalpi majlisda senatorlar 10 ga yaqin qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisi 17-mart kuni chaqiriladi. Bu haqda yuqori palata Kengashining navbatdagi majlisida
ma’lum qilindi. "Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi. Unda Senatning beshinchi yalpi majlisini 2025-yil 17-mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, yalpi majlisda prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan yo‘nalishlardan kelib chiqib, Senat hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Suv kodeksini tasdiqlash, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim qonunlar muhokama qilinadi.
Senatorlar tomonidan zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga, qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qonunlarni ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsmanning) va Bola huquqlari bo‘yicha vakilining (Bolalar ombudsmanining) 2024-yildagi faoliyati bo‘yicha ma’ruzalari eshitiladi.
Shuningdek, bir qator xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishga doir, o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari bilan bog‘liq masalalar ham yalpi majlis kun tartibidan o‘rin olgan.