O‘zbekiston BAA tahlil markazlari bilan hamkorlik qilmoqchi — tafsilotlar

© Foto : Unsplash / Fredrik ÖhlanderA view on Dubai, the United Arab Emirates
A view on Dubai, the United Arab Emirates - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Amirliklar strategik izlanishlar va tadqiqotlar markazi bosh direktori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston va BAA tahlil markazlari o‘rtasidagi hamkorlik faollashadi, deya xabar berdi “Dunyo”AA.
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Akkulov Amirliklar strategik izlanishlar va tadqiqotlar markazi bosh direktori Sulton Muhammad al Nuaymiy bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tahlil markazlari o‘rtasida anglashuv memorandumlarini ishlab chiqish va imzolash masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, markaz resurslari va kutubxonasi O‘zbekiston ekspertlari uchun ochiq.
“Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston tahlil markazlari va institutlari bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, hamkorlikda bilim va tajriba almashish, mutaxassislar uchun seminar va treninglar tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, markaz 1994-yil BAAda tahliliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. O‘tgan vaqt davomida markaz so‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar va iqtisodiy trayektoriyalardan tortib, mintaqaviy munosabatlarning o‘zgarishi va ilg‘or texnologiyalarning ta’sirigacha bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha munozaralarni shakllantirgan yetakchi tadqiqot muassasasiga aylandi. Markaz Yaqin Sharq va boshqa mintaqalar oldida turgan eng dolzarb bo‘lgan muammolarni muhokama qilish uchun mintaqaviy va xalqaro ekspertlarga platforma yaratib beradi.
Yangiliklar lentasi
0