https://oz.sputniknews.uz/20250315/ozbekiston-rossiya-volodin-48418755.html
O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz — Volodin
O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz — Volodin
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senatida Rossiya Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-03-15T11:14+0500
2025-03-15T11:14+0500
2025-03-15T11:14+0500
o‘zbekiston - rossiya
tanzila norboyeva
vacheslav volodin
o‘zbekiston oliy majlisi senati
hamkorlik
uchrashuv
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0f/48418169_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ef25c16bd1086681f1c72f8c35d042b3.jpg
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Kecha, 14-mart kuni Oliy Majlis Senatida Rossiya Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv avvalida Senat raisi Tanzila Narbayeva martabali mehmonni tashrifi bilan qutlab, tashrif parlamentlararo munosabatlarni yangi ruhda davom ettirishdagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.Uchrashuvda o‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi 15 foizga o‘sib, 12 mlrd AQSh dollarini tashkil etgani aytib o‘tildi. Muloqot chog‘ida migratsiya masalasida dolzarb vazifalar mavjudligi va bu jarayonda ikki davlat fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini himoya qilishning qonuniy yechimlarini hamkorlikda topish muhimligi ta’kidlandi.Shu bilan birga O‘zbekiston – Rossiya parlamentlari aloqalarining bugungi holati tahlil qilinib, ikki davlat munosabatlarida parlamentlararo yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bu borada Oliy Majlis Senati va Rossiya Federal Kengashi o‘rtasida qo‘shma komissiya faoliyat yuritib kelayotgani, ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari rahbarlari muntazam ravishda o‘tkazayotgan uchrashuvlari ishonchli hamkorlik muhitida o‘z samarasini berayotgani e’tirof etildi.O‘z navbatida martabali mehmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.Shuningdek, suhbat davomida istiqbolda o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustidan nazorat, qonunchilik sohasida tajriba almashish va Yoshlar parlamenti aloqalarini faollashtirish yuzasidan fikr yuritildi.O‘zbekiston tomoni Rossiya parlamenti rahbariyati va vakillarini yaqinda Toshkentda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tadbirlarida faol ishtirokini mamnuniyat bilan qabul qilishini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250314/shavkat-mirziyoev-vyacheslav-volodinni-qabul-qildi-48416306.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0f/48418169_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1c377a40308041905a3724233a3254fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya volodin
o‘zbekiston rossiya volodin
O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz — Volodin
Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya parlamentlari aloqalarining bugungi holati tahlil qilindi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Kecha, 14-mart kuni Oliy Majlis Senatida Rossiya Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv avvalida Senat raisi Tanzila Narbayeva martabali mehmonni tashrifi bilan qutlab, tashrif parlamentlararo munosabatlarni yangi ruhda davom ettirishdagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.
“Ikki davlat o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish uchun qonuniy asoslarni yaratish parlamentlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Ushbu uchrashuv xalqlarimiz manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lidagi faol muloqotlar uchun qulay fursatdir”, - deyildi suhbatda.
Uchrashuvda o‘tgan yili o‘zaro savdo aylanmasi 15 foizga o‘sib, 12 mlrd AQSh dollarini tashkil etgani aytib o‘tildi. Muloqot chog‘ida migratsiya masalasida dolzarb vazifalar mavjudligi va bu jarayonda ikki davlat fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini himoya qilishning qonuniy yechimlarini hamkorlikda topish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga O‘zbekiston – Rossiya parlamentlari aloqalarining bugungi holati tahlil qilinib, ikki davlat munosabatlarida parlamentlararo yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bu borada Oliy Majlis Senati va Rossiya Federal Kengashi o‘rtasida qo‘shma komissiya faoliyat yuritib kelayotgani, ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari rahbarlari muntazam ravishda o‘tkazayotgan uchrashuvlari ishonchli hamkorlik muhitida o‘z samarasini berayotgani e’tirof etildi.
O‘z navbatida martabali mehmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
“Biz O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan mustahkam do‘stlik va ishonchli sherikchilik siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Volodin.
Shuningdek, suhbat davomida istiqbolda o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustidan nazorat, qonunchilik sohasida tajriba almashish va Yoshlar parlamenti aloqalarini faollashtirish yuzasidan fikr yuritildi.
O‘zbekiston tomoni Rossiya parlamenti rahbariyati va vakillarini yaqinda Toshkentda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tadbirlarida faol ishtirokini mamnuniyat bilan qabul qilishini bildirdi.