Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Toshkentga keldi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanPredsedatel Gosudumi RF Vacheslav Volodin pribil v Tashkent
Predsedatel Gosudumi RF Vacheslav Volodin pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi, deya xabar berdi O‘zbekiston quyi palatasi matbuot xizmati.
Vacheslav Volodinni Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov kutib oldi.
© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Uzbekistan
Vizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Vizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Uzbekistan
"Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi V.Volodin boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi", — deyiladi xabarda.
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii vozlojil sveti k monumentu "Oda ctoykosti"
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii vozlojil sveti k monumentu Oda ctoykosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii vozlojil sveti k monumentu "Oda ctoykosti"
Tashrif davomida Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Majmuaga tashrif chog‘ida yuqori martabali mehmon halok bo‘lgan zobitlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanChleni delegatsii vo glave s Predsedatelem Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii V. Volodinim posetili Texnologicheskiy park programmnix produktov i informatsionnix texnologiy (IT Park)
Chleni delegatsii vo glave s Predsedatelem Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii V. Volodinim posetili Texnologicheskiy park programmnix produktov i informatsionnix texnologiy (IT Park) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Chleni delegatsii vo glave s Predsedatelem Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii V. Volodinim posetili Texnologicheskiy park programmnix produktov i informatsionnix texnologiy (IT Park)
Shuningdek, delegatsiya a’zolari istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish va bozorga olib chiqishga ixtisoslashgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park)da ham bo‘lishdi. Ularga startaplarni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar va IT kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari haqida so‘zlab berildi.
"Mazkur tashrif doirasida delegatsiya a’zolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tomonlar parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, istiqboldagi rejalar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qiladi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya a’zolari Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida Moskvada Davlat dumasi va O‘zbekiston Qonunchilik palatasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0