O‘zbekistonda aholi soni 100-yil ichida qanday o‘zgargan?

Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37,5 mln kishini tashkil etdi.
Yillar kesimida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni (1 yanvar holatiga):
1920 yil – 4,4 mln kishi;
1930 yil – 4,9 mln kishi;
1940 yil – 6,6 mln kishi;
1950 yil – 6,2 mln kishi;
1960 yil – 8,4 mln kishi;
1970 yil – 11,8 mln kishi;
1980 yil – 15,8 mln kishi;
1990 yil – 20,2 mln kishi;
2000 yil – 24,5 mln kishi;
2010 yil – 28,0 mln kishi;
2020 yil – 33,9 mln kishi;
2025 yil – 37,5 mln kishi.
Qayd etilishicha, 1991-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda eng ko‘p doimiy aholi soni Farg‘ona viloyatida bo‘lgan. O‘sha vaqtda hudud aholisi 2,2 mln kishini tashkil etgan. 2025-yilning 1-yanvar holatiga Farg‘ona viloyatining doimiy aholisi soni 4,1 mln kishidan oshgan. Lekin bu ko‘rsatkich hududlar orasida ikkinchi pog‘onani band etgan.
Hududlar orasida eng ko‘p doimiy aholi Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Viloyatda qariyb 4,3 mln nafar doimiy aholi istiqomat qilmoqda.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0