Fransiya kompaniyalari O‘zbekistonda 6,5 mlrd yevrolik loyihalarini amalga oshiradi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekistan i Fransiya ustanovili strategicheskoe partnerstvo

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Davlat rahbarlari huzurida Mutaxassislar va talabalar harakatchanligi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim hamda Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi almashildi”, — deyiladi xabarda.
Davlat tashrifi davomida quyidagilar ham imzolandi:
O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
readmissiya to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;
xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma;
musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik bitimlari;
Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevni Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana nagrajden Ordenom Pochotnogo legiona

Prezident Uzbekistana nagrajden Ordenom Pochotnogo legiona
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
"O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi", — deyilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana nagrajden Ordenom Pochotnogo legiona

Prezident Uzbekistana nagrajden Ordenom Pochotnogo legiona
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Faxriy legion ordeni 1802-yilda ta’sis etilgan. Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.