Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIning jahon iqtisodiyotidagi ishtiroki sarhisob qilindi

© Sputnik / Kirill KallinikovSimvolika YeAES
Simvolika YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Obuna bo‘lish
Arzibek Kojoshev YeOIIning 10-yillik faoliyati haqida gapirdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning jahon iqtisodiyotidagi o‘n yillik ishtiroki yakunlarini sarhisob qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati.
Bishkekda “YeOII: Yevroosiyoning eng yirik integratsiya birlashmasi faoliyatining 10-yilligi” mavzusida xalqaro onlayn munozara bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarning asosiy muhokama mavzusi erishilgan muvaffaqiyatlar va Ittifoq oldida turgan vazifalar bo‘ldi.
Arzibek Kojoshev xalqaro munozara ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi. U o‘z so‘zida YeOIIning 10-yillik faoliyati, xususan, Ittifoqning shu vaqt ichida erishgan muvaffaqiyatlari va yengib o‘tgan qiyinchiliklarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Bir qator omillar va ularning salbiy oqibatlari Ittifoq uchun tashqi muammolarga aylandi, ularni birlashma muvaffaqiyatli yengdi. Yalpi ichki mahsulotning belgilangan davr mobaynida qariyb 50 foizga – 1,6 trillion dollardan 2,4 trillion dollarga o‘sishi bundan dalolat beradi. Shu bilan birga, o‘zaro tovar ayirboshlash ikki baravar ko‘paydi va qariyb 90 milliard dollarni tashkil etdi va uning YeOII tashqi savdosining umumiy hajmidagi ulushi 18,2 foizgacha oshdi”, — dedi Kojoshev.

Vazir YeOII fuqarolari uchun ta’lim, tibbiy xizmat, pensiya tayinlash va to‘lash sohalarida yanada qulay sharoitlar haqida ma’lum qildi.
Ishbilarmon doiralar uchun imtiyozlar belgilab berilgan bo‘lib, ular uchun Ittifoq qonunchiligida tovarlarning erkin harakatlanishi va davlat xaridlarida teng foydalanish nazarda tutilgan.
Vazir, shuningdek, hozirgi vaqtda umumiy neft, gaz va elektr energiya bozorlari masalalari ilgari surilayotganini ta’kidladi, bu esa energiya resurslarining mavjudligi va YeOII mamlakatlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2025
O‘zbekiston va YeOII
Minskda o‘tkaziladigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi arxitekturasi muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0