Toshkentning ikki tumanida avtomatik havo monitoringi stansiyalari o‘rnatildi

© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata
Obuna bo‘lish
Avtomatik stansiyalar aholi zich joylashgan hududlarga o‘rnatilmoqda.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Toshkent shahrining Olmazor va Yashnobod tumanlarida avtomatik havo monitoringi stansiyalari o‘rnatildi, deya xabar berdi ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan Toshkentning Yashnobod va Olmazor tumanlarida 2 ta avtomatik havo monitoringi stansiyasi o‘rnatildi va ishga tushirildi”, — deyilgan xabarda.

V dvux rayonax Tashkenta ustanovleni avtomaticheskie stansii monitoringa kachestva vozduxa
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata
Aytilishicha, bu "Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" loyihasi doirasida amalga oshirildi.
O‘rnatilgan stansiyalar havo ifloslanishini yuqori darajadagi aniqlikda o‘lchash bo‘yicha patentlangan texnologiyalarga ega.

V dvux rayonax Tashkenta ustanovleni avtomaticheskie stansii monitoringa kachestva vozduxa
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata
“Avtomatik stansiyalarni o‘rnatish joyini tanlash turli omillarga bog‘liq. Ular orasida aholi zich joylashgan hududlar, asosiy yo‘llar va transport magistrallari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar muhim o‘rin tutadi. Bu o‘z navbatida aholi turmush sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun aniq ma’lumotlar to‘plash va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Qayd etilganidek, stansiyalar sonining ko‘payishi, albatta, bu borada malakali kadrlarni talab qiladi.

V dvux rayonax Tashkenta ustanovleni avtomaticheskie stansii monitoringa kachestva vozduxa
© Ministerstvo Ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata
Hozirda Gidrometeorologiya agentligi xodimlari stansiyalardan kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, uskunalar va dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha muntazam ravishda o‘qitilmoqda.
