O‘zbekistonda seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi joriy etildi

© RIA Novosti / Vladimir PesnyaGrafik na monitore kompyutera
Grafik na monitore kompyutera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, ushbu o‘zgarishlar emitentlarga moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekistonda seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi (obligatsiyalar dasturi asosida) joriy etildi, deya xabar berdi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) matbuot xizmati.
Adliya vazirligi tomonidan agentlik direktorining “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar milliy kapital bozorini rivojlantirish, emitent va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Asosiy yangiliklardan biri obligatsiyalar dasturi doirasida seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmining joriy etilganidir”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ushbu o‘zgarishlar emitentlarga moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Seriyali obligatsiyalar bitta ro‘yxatdan o‘tgan dastur doirasida bir nechta obligatsiyalarni chiqarish imkonini beradi.
Yangi mexanizmning asosiy afzalliklari:
Moliyalashtirishni jalb qilishda moslashuvchanlik – emitentlar bozor sharoitlari va kapital ehtiyojlariga qarab obligatsiyalarni bosqichma-bosqich chiqarishlari mumkin bo‘ladi;
Xarajatlarni optimallashtirish – turli seriyali obligatsiyalar turli muddatlarga va foiz stavkalariga ega bo‘lishi mumkin, bu esa qarz olish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi;
Investorlar doirasini kengaytirish – obligatsiyalarning turli parametrlari ularni investorlarning keng doirasi uchun jozibador qiladi;
Qayta moliyalashtirish imkoniyati – emitentlar ilgari joylashtirilgan majburiyatlarni to‘lash uchun obligatsiyalarning yangi seriyasini chiqarishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, yangi qoidalar ipotekani qayta moliyalash tashkilotlari tomonidan korporativ obligatsiyalarini o‘z kapitalidan ortiq miqdorda chiqarish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni ta’minlash turlari ro‘yxatini kengaytiradi.
Seriyali obligatsiyalar mexanizmi kapital bozori rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Malayziya, Pokiston, Rossiya va Qozog‘istonda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
“Ushbu vositaning O‘zbekistonda joriy etilishi milliy bozor raqobatbardoshligini oshiradi, emitentlarga yanada samarali moliyalashtirish usullaridan foydalanish imkoniyatini beradi va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Qabul qilingan o‘zgartirishlar mamlakatimiz moliya sektorini modernizatsiya qilish va uning investitsion jozibadorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir”, — deya qayd etilgan xabarda.
Qolaversa, innovatsiyalar kapital bozorini rivojlantirish va O‘zbekiston iqtisodiyotiga yangi sarmoyalarni jalb etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Mujchina proverayet finansovuyu informatsiyu na ekrane smartfona. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2025
O‘zbekiston fond bozoriga sarmoya kiritishni soddalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0