https://oz.sputniknews.uz/20250312/kiev-ot-ochish-toxtatish-tayyor-tramp-48346090.html
Kiyev to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor — Tramp
Kiyev to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor — Tramp
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyev o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga tayyorligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
2025-03-12T10:00+0500
2025-03-12T10:00+0500
2025-03-12T10:18+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
aqsh
rossiya
donald tramp
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/01/48182819_0:241:2782:1806_1920x0_80_0_0_278df683fb0c72af0c5535ff7609b024.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyev o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga tayyorligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.Seshanba kuni Saudiya Arabistonida Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Amerika tomonidan davlat kotibi Marko Rubio va Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts, boshqa tomondan, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etishdi. Natijaga ko‘ra, Ukraina AQShning zudlik bilan 30 kunlik sulhni joriy etish taklifini qabul qilishga rozi bo‘ldi, tomonlar kelishuvi bilan bu muddat uzaytirilishi mumkin. Bunga javoban Qo‘shma Shtatlar razvedka ma’lumotlarini almashishdagi tanaffusni bekor qildi va Kiyevga qurol yetkazib berishni davom ettirishga ruxsat berdi. Keyinroq Tramp AQSh delegatlari prezident Vladimir Putinni o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish umidida Ukraina bo‘yicha Rossiya vakillari bilan “bugun yoki ertaga” uchrashishini aytdi. Shuningdek, u Rossiya rahbari bilan shu haftaga rejalashtirilgan suhbatni ham e’lon qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250311/zelenskiy-oq-uy-tramp-48332991.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/01/48182819_27:0:2756:2047_1920x0_80_0_0_6b1f737f38b4474c00ed06bbf2b0c53d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh prezidenti donald tramp kiyev o‘t ochishni
aqsh prezidenti donald tramp kiyev o‘t ochishni
Kiyev to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor — Tramp
10:00 12.03.2025 (yangilandi: 10:18 12.03.2025) Ukraina AQShning 30 kunlik sulhni joriy etish taklifini qabul qilishga rozi bo‘ldi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyev o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga tayyorligini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukrainadan ko‘ra, Rossiya bilan muomala qilish osonroq ekanini aytgandim, garchi buning aksi bo‘lishi kerak edi. Lekin bu shunday, biz Rossiyani jalb qilishga umid qilamiz, lekin Ukraina tomonida bizda to‘liq otashkesim mavjud, bu yaxshi”, — deydi u biznes mavzusidagi davra suhbatida.
Seshanba kuni Saudiya Arabistonida Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Amerika tomonidan davlat kotibi Marko Rubio va Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts, boshqa tomondan, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etishdi.
Natijaga ko‘ra, Ukraina AQShning zudlik bilan 30 kunlik sulhni joriy etish taklifini qabul qilishga rozi bo‘ldi, tomonlar kelishuvi bilan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Bunga javoban Qo‘shma Shtatlar razvedka ma’lumotlarini almashishdagi tanaffusni bekor qildi va Kiyevga qurol yetkazib berishni davom ettirishga ruxsat berdi.
Keyinroq Tramp AQSh delegatlari prezident Vladimir Putinni o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish umidida Ukraina bo‘yicha Rossiya vakillari bilan “bugun yoki ertaga” uchrashishini aytdi. Shuningdek, u Rossiya rahbari bilan shu haftaga rejalashtirilgan suhbatni ham e’lon qildi.