https://oz.sputniknews.uz/20250311/aviadispetcherlar-toshkent-48337726.html
Osmon posbonlari: ayol aviadispetcherlar Toshkent osmonini qanday tartibga solmoqda?
Osmon posbonlari: ayol aviadispetcherlar Toshkent osmonini qanday tartibga solmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Hozirgi vaqtda Toshkent aeroportida "O‘zaeronavigatsiya" markazining taxminan 124 ta aviadispetcheri faoliyat yuritmoqda, ulardan 18 nafari — ayollar.
2025-03-11T20:07+0500
2025-03-11T20:07+0500
2025-03-11T20:07+0500
o‘zbekiston
toshkent
toshkent xalqaro aeroporti
aeroport
samolyot
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48351844_0:1:1876:1056_1920x0_80_0_0_9f0c1bd4382fabb31559a0f9778eab02.jpg
Darya Pruskova — "ayollar uchun emas" degan stereotip tushunchalarni yo‘q qilib kelayotgan ayollardan biri. U besh yildan beri "O‘zaeronavigatsiya" markazida aviadispetcher bo‘lib ishlaydi va har smenada Toshkent aerodromi ustidagi o‘nlab samolyotlar harakatini tartibga soladi.2022 yilda u kasbiy mahorat tanlovida g‘olib bo‘lib, ikkinchi razradga ko‘tarildi va O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Xitoyga ixtisoslashtirilgan konferensiyada ishtirok etish uchun bordi.Hozirda uning mas’uliyati ostida Toshkent aerodromidan endigina parvoz qilgan yoki qo‘nayotgan samolyotlar hamda aerodrom hududida parvoz qiluvchi vertolotlar va kichik samolyotlar bor. Darya — ushbu vazifalar bilan doimiy asosda ishlaydigan yagona ayol-aviadispetcher. Uning vazifalari juda murakkab hisoblanadi.Pruskova bolalikdan aviatsiya bilan tanish. Onasi aeroportning tibbiyot punktlaridan birida ishlagan va ba’zan uni ham o‘zi bilan ishga olib borardi. U onasining uchuvchilar, stuardessalar va aviadispetcherlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganini ko‘rar edi. Shunda aviadispetcherlik uning keyinchalik ro‘yobga chiqqan orzusiga aylangan.Pruskova Toshkent davlat texnika universiteti "Muhandislik texnologiyalari" fakultetining "Havo harakatini boshqarish" yo‘nalishini tamomlagan. O‘sha paytda universitet aviadispetcherlarni tayyorlar edi. Hozirda bu mutaxassislik Toshkent davlat transport universitetida o‘qitiladi.Biroq aviadispetcher bo‘lish uchun faqat diplomning o‘zi yetarli emas. Universitetning birinchi kursidan boshlab doimiy ravishda tibbiy-parvoz ekspert komissiyasidan o‘tish, so‘ngra "O‘zaeronavigatsiya" markazida tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tish kerak. Shuningdek, ICAO shkalasi bo‘yicha kamida 4-darajadagi aviatsiyaga ixtisoslashtirilgan ingliz tili sertifikatini olish, qo‘shimcha testlardan o‘tish lozim. Keyinchalik amaliyot, simulyator mashg‘ulotlari va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha imtihonlar keladi. Shundan keyingina mutaxassis ish joyiga kirish uchun ruxsat oladi.Aviadispetcherlik — juda mas’uliyatli va og‘ir ish. Toshkentdagi aviadispetcherlar 40 taga yaqin aviakompaniyaning parvoz-qo‘nishini boshqaradi va yana 20 dan ortiq aviakompaniyaga tranzit xizmatlar ko‘rsatadi. Har bir samolyot — yuzlab odamlar, ularning hayoti va taqdiri. Bu esa juda katta emotsional bosim demakdir.Aviadispetcherlikda stressli vaziyatlar tez-tez uchrab turadi. Ob-havo sharoitlari, samolyotdagi bemor yo‘lovchi, texnik ishlar yoki qurilish ishlari — bularning barchasiga aviadispetcher tayyor bo‘lishi lozim.Daryaning kunduzgi smenasi soat 07:00 dan 20:45 gacha davom etadi. Tungi smena esa 19:00 dan 08:45 gacha bo‘lib, undan keyin 3 kun dam olish mumkin. Har bir smenadan oldin tibbiy ko‘rik va yo‘riqnoma, keyin esa ish natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, aviadispetcherlar o‘z malakasini muntazam oshirib borishlari shart.Hozirgi vaqtda Toshkent aeroportida "O‘zaeronavigatsiya" markazining 124 ta aviadispetcheri ishlaydi, ularning 18 nafari — ayollar. Uning aytishicha, erkaklar ko‘p bo‘lgan jamoada ishlash qulay. Uning ishonchi komilki, aviadispetcherlik kasbida gender farqlari yo‘q.Pruskova o‘z ishini juda yaxshi ko‘radi. Agar hayotni qaytadan boshlash imkoniyati berilganida ham, bu kasbni o‘zgartirmagan bo‘lardi. Chunki u va uning hamkasblari, eng avvalo, osmonga oshiq insonlardir.Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48351844_234:0:1642:1056_1920x0_80_0_0_38c12c4f64f71cd788a7701947daa992.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent aeroporti o‘zaeronavigatsiya markazi aviadispetcher sputnik o‘zbekiston dispetcherlik minorasi darya pruskova aerodrom parvoz
toshkent aeroporti o‘zaeronavigatsiya markazi aviadispetcher sputnik o‘zbekiston dispetcherlik minorasi darya pruskova aerodrom parvoz
Osmon posbonlari: ayol aviadispetcherlar Toshkent osmonini qanday tartibga solmoqda?
Eksklyuziv
Hozirgi vaqtda Toshkent aeroportida "O‘zaeronavigatsiya" markazining taxminan 124 ta aviadispetcheri faoliyat yuritmoqda, ulardan 18 nafari — ayollar. Sputnik O‘zbekiston dispetcherlik minorasiga tashrif buyurib, ulardan biri bilan suhbatlashdi.
Darya Pruskova — "ayollar uchun emas" degan stereotip tushunchalarni yo‘q qilib kelayotgan ayollardan biri. U besh yildan beri "O‘zaeronavigatsiya" markazida aviadispetcher bo‘lib ishlaydi va har smenada Toshkent aerodromi ustidagi o‘nlab samolyotlar harakatini tartibga soladi.
2022 yilda u kasbiy mahorat tanlovida g‘olib bo‘lib, ikkinchi razradga ko‘tarildi va O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Xitoyga ixtisoslashtirilgan konferensiyada ishtirok etish uchun bordi.
Hozirda uning mas’uliyati ostida Toshkent aerodromidan endigina parvoz qilgan yoki qo‘nayotgan samolyotlar hamda aerodrom hududida parvoz qiluvchi vertolotlar va kichik samolyotlar bor. Darya — ushbu vazifalar bilan doimiy asosda ishlaydigan yagona ayol-aviadispetcher. Uning vazifalari juda murakkab hisoblanadi.
"Ko‘pchilik bu yerda nima qilayotganimizni ham bilishmaydi. Oddiy qilib tushuntirganda biz osmon yo‘l-patrul xizmati, biz chorrahada turib: "Sen bu yoqqa yur, sen to‘xtab tur, sen men tomonga kel", deb samolyotlarni boshqarib turamiz", — deydi Darya.
Pruskova bolalikdan aviatsiya bilan tanish. Onasi aeroportning tibbiyot punktlaridan birida ishlagan va ba’zan uni ham o‘zi bilan ishga olib borardi. U onasining uchuvchilar, stuardessalar va aviadispetcherlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganini ko‘rar edi. Shunda aviadispetcherlik uning keyinchalik ro‘yobga chiqqan orzusiga aylangan.
Pruskova Toshkent davlat texnika universiteti "Muhandislik texnologiyalari" fakultetining "Havo harakatini boshqarish" yo‘nalishini tamomlagan. O‘sha paytda universitet aviadispetcherlarni tayyorlar edi. Hozirda bu mutaxassislik Toshkent davlat transport universitetida o‘qitiladi.
Biroq aviadispetcher bo‘lish uchun faqat diplomning o‘zi yetarli emas. Universitetning birinchi kursidan boshlab doimiy ravishda tibbiy-parvoz ekspert komissiyasidan o‘tish, so‘ngra "O‘zaeronavigatsiya" markazida tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tish kerak. Shuningdek, ICAO shkalasi bo‘yicha kamida 4-darajadagi aviatsiyaga ixtisoslashtirilgan ingliz tili sertifikatini olish, qo‘shimcha testlardan o‘tish lozim. Keyinchalik amaliyot, simulyator mashg‘ulotlari va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha imtihonlar keladi. Shundan keyingina mutaxassis ish joyiga kirish uchun ruxsat oladi.
Aviadispetcherlik — juda mas’uliyatli va og‘ir ish. Toshkentdagi aviadispetcherlar 40 taga yaqin aviakompaniyaning parvoz-qo‘nishini boshqaradi va yana 20 dan ortiq aviakompaniyaga tranzit xizmatlar ko‘rsatadi. Har bir samolyot — yuzlab odamlar, ularning hayoti va taqdiri. Bu esa juda katta emotsional bosim demakdir.
"Dispetcher ishi — bu juda kuchli emotsional bosim, chunki siz, avvalo, o‘zingiz uchun emas, balki mas’ul bo‘lgan odamlar, siz bilan radio orqali muloqot qiladigan, har biri kamida 150 kishini olib yuradigan uchuvchilar uchun javobgarlikni his qilasiz. Bu sizni tashvishga solmaydimi, yoki sizga qo‘shimcha mas’uliyat yuklamaydimi? Shu sababli ruhiy jihatdan ba’zan qiyin bo‘lishi mumkin", – deydi aviadispetcher.
Aviadispetcherlikda stressli vaziyatlar tez-tez uchrab turadi. Ob-havo sharoitlari, samolyotdagi bemor yo‘lovchi, texnik ishlar yoki qurilish ishlari — bularning barchasiga aviadispetcher tayyor bo‘lishi lozim.
Daryaning kunduzgi smenasi soat 07:00 dan 20:45 gacha davom etadi. Tungi smena esa 19:00 dan 08:45 gacha bo‘lib, undan keyin 3 kun dam olish mumkin. Har bir smenadan oldin tibbiy ko‘rik va yo‘riqnoma, keyin esa ish natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, aviadispetcherlar o‘z malakasini muntazam oshirib borishlari shart.
Hozirgi vaqtda Toshkent aeroportida "O‘zaeronavigatsiya" markazining 124 ta aviadispetcheri ishlaydi, ularning 18 nafari — ayollar. Uning aytishicha, erkaklar ko‘p bo‘lgan jamoada ishlash qulay. Uning ishonchi komilki, aviadispetcherlik kasbida gender farqlari yo‘q.
"Bu yerda barcha mutaxassis, bu yerda hammaning amal qiluvchi dispetcherlik guvohnomasi bor. Sen o‘qiding, o‘rganding, demak sen kerakli hujjatlarni, kerakli jarayonlarni, va boshqa ko‘p narsalarni bilishing kerak", — deydi u.
Pruskova o‘z ishini juda yaxshi ko‘radi. Agar hayotni qaytadan boshlash imkoniyati berilganida ham, bu kasbni o‘zgartirmagan bo‘lardi. Chunki u va uning hamkasblari, eng avvalo, osmonga oshiq insonlardir.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.