Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

© Sputnik / Baxrom XatamovUzbekistan i Kitay xotat razvivat mejregionalnoe sotrudnichestvo
Uzbekistan i Kitay xotat razvivat mejregionalnoe sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2025
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi.
TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi hamda Xitoyning "JC Finance Interconnect Holdings" kompaniyasi raisi U Tinyi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun ilg‘or xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida grantlar ajratish va nomzodlarni tanlash xususida fikr almashishdi.
Uchrashuv yakunida "JC Finance Interconnect Holdings" kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi. Safar davomida O‘zbekiston fuqarolarini ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish markazini ochish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sovetnik ministra inostrannix del Munira Aminova prinyala posla Kitaya v Uzbekistane Yuy Szuna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2025
O‘zbekiston Xitoy Ayollar federatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi
Yangiliklar lentasi
0