O‘zbekistonlik rassom qanday qilib ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ijtimoiy tarmoqlarda hozir Shohrux Suyunovni bilmaydigan kishi yo‘q desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Rassom o‘zining noodatiy iste’dodi bilan dunyoga tanilmoqda.
Shohrux Suyunov chizayotgan surat videolari tarmoqlarda million martalab tomosha qilinmoqda va uning ijodi aks etgan video o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov to‘p surayotgan Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi sahifasida e’lon qilindi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda rassom o‘ziga xos uslubga qanday kelgani, Rossiyaning “Ajoyib odamlar” ko‘rsatuvida ishtirok etish u uchun nima sababdan boshqacha bo‘lganligi va taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidenti unga nimalar degani haqida so‘zlab berdi.
Shohrux san’at tarixida iz qoldirish va yuksak marralarni zabt etishga qodir ekanini oila a’zolariga isbotlash asosiy maqsadi ekanini ta’kidlaydi.
“Yoshligimdan muvaffaqiyatga erishishga, o‘z nomimni nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo tanitishimni bilar va ishonar edim. Balki uyimdagilar, atrofimdagilar menga ishonchsizlik bilan qaragani uchun alam bilan “eplay olaman, qila olaman” degan narsa bo‘lgan. Shuning uchun men daromadni o‘ylamaganman, e’tiborimni o‘zimni rivojlanirishga, sohada qandaydir nom qozonishga qaratganman”, - deydi rassom.
Suyunov bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas va hozirdanoq ijodida yangiliklarni tayyorlamoqda.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0