Ilhom va go‘zallik ramzi: Toshkentda "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi ochildi
Ilhom va go‘zallik ramzi: Toshkentda "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida “O‘zmilliybank” AJ to‘plamidagi noyob asarlar namoyishga qo‘yilgan. Ushbu asarlarni birlashtirgan asosiy g‘oya – san’atdagi ayol siymosi.
6 mart mart kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida “O‘zmilliybank” AJ to‘plamidagi noyob asarlar namoyishga qo‘yilgan. Ushbu asarlarni birlashtirgan asosiy g‘oya – san’atdagi ayol siymosi.Ayol – ilhom va go‘zallik timsoliAyol azaldan nafosat va ilhom manbai bo‘lib, san’atkorlarni shedevrlar yaratishga ruhlantirgan. U nafaqat go‘zallik ramzi, balki hayotbaxsh kuch, donolik va ma’naviy matonat timsoli sifatida tasvirlangan. Ko‘rgazma doirasida turli avlod vakillari bo‘lmish rassomlarning asarlari orqali ayol qiyofasining badiiy talqini bilan tanishish mumkin. Har bir ijodkor uning tabiati, his-tuyg‘ularining chuqurligi va ichki olamini o‘zgacha uslubda aks ettiradi.Zamon o‘zgargani, uslub va yo‘nalishlar yangilanganiga qaramay, ayol obrazi har doim san’atda ilhom va go‘zallik ramzi bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, ko‘rgazma ayollarning o‘z huquqlari uchun olib borgan uzoq va murakkab kurashiga ham ishora qiladi – ta’lim olish, mehnat qilish, teng haq olish va jamiyatda faol ishtirok etish. Bu tarixiy jarayonlar natijasida bugungi kundagi kuchli, erkin va maqsad sari intilayotgan ayol siymosi shakllandi.San’atning buyuk ijodkorlari bir ekspozitsiyadaKo‘rgazmada o‘zbek san’atining mashhur va iste’dodli ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Ular orasida A. Abdullayev, Y. Tursunnazarov, R. Taktash, N. Kashina, R. Choriyev, A. Allaberganov, R. Axmedov, R. Gagloyeva, F. Ahmadaliyev, L. Ibragimova, A. Nur, M. Isanov, Sh. Hakimov, R. Akramov, L. Babayeva, S. Jabbarov kabilar asarlari bor.Har bir rassom ayol obrazini o‘ziga xos uslub va mualliflik texnikasi orqali talqin qiladi. Tomoshabinlar 100 tadan ortiq turli janr va yo‘nalishlardagi asarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Badiiy muloqot va taassurotlarKo‘rgazma – bu rassom va tomoshabin o‘rtasidagi badiiy muloqot. Har bir tashrif buyuruvchi ayolning madaniyat, tarix va zamonaviy hayotdagi o‘rni haqida mulohaza yuritishga chorlanadi. Asarlar nafaqat estetik zavq ulashadi, balki ayol timsoliga singdirilgan hissiyot, kayfiyat va ma’nolarning chuqurligini anglash imkonini beradi."Ayolga qasida" – bu ayolning ma’naviy kuch-qudrati va latofatini san’at ko‘zgusida his etish uchun noyob imkoniyat.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasida noyob asarlar namoyishga qo‘yilgan.
6 mart mart kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida “O‘zmilliybank” AJ to‘plamidagi noyob asarlar namoyishga qo‘yilgan. Ushbu asarlarni birlashtirgan asosiy g‘oya – san’atdagi ayol siymosi.
"Qahramon ona", muallif Ro‘zi Choriyev, 1989, karton, moybo‘yoq
Ayol – ilhom va go‘zallik timsoli
Ayol azaldan nafosat va ilhom manbai bo‘lib, san’atkorlarni shedevrlar yaratishga ruhlantirgan. U nafaqat go‘zallik ramzi, balki hayotbaxsh kuch, donolik va ma’naviy matonat timsoli sifatida tasvirlangan. Ko‘rgazma doirasida turli avlod vakillari bo‘lmish rassomlarning asarlari orqali ayol qiyofasining badiiy talqini bilan tanishish mumkin. Har bir ijodkor uning tabiati, his-tuyg‘ularining chuqurligi va ichki olamini o‘zgacha uslubda aks ettiradi.
Zamon o‘zgargani, uslub va yo‘nalishlar yangilanganiga qaramay, ayol obrazi har doim san’atda ilhom va go‘zallik ramzi bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, ko‘rgazma ayollarning o‘z huquqlari uchun olib borgan uzoq va murakkab kurashiga ham ishora qiladi – ta’lim olish, mehnat qilish, teng haq olish va jamiyatda faol ishtirok etish. Bu tarixiy jarayonlar natijasida bugungi kundagi kuchli, erkin va maqsad sari intilayotgan ayol siymosi shakllandi.
San’atning buyuk ijodkorlari bir ekspozitsiyada
Ko‘rgazmada o‘zbek san’atining mashhur va iste’dodli ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Ular orasida A. Abdullayev, Y. Tursunnazarov, R. Taktash, N. Kashina, R. Choriyev, A. Allaberganov, R. Axmedov, R. Gagloyeva, F. Ahmadaliyev, L. Ibragimova, A. Nur, M. Isanov, Sh. Hakimov, R. Akramov, L. Babayeva, S. Jabbarov kabilar asarlari bor.
Har bir rassom ayol obrazini o‘ziga xos uslub va mualliflik texnikasi orqali talqin qiladi. Tomoshabinlar 100 tadan ortiq turli janr va yo‘nalishlardagi asarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Badiiy muloqot va taassurotlar
Ko‘rgazma – bu rassom va tomoshabin o‘rtasidagi badiiy muloqot. Har bir tashrif buyuruvchi ayolning madaniyat, tarix va zamonaviy hayotdagi o‘rni haqida mulohaza yuritishga chorlanadi. Asarlar nafaqat estetik zavq ulashadi, balki ayol timsoliga singdirilgan hissiyot, kayfiyat va ma’nolarning chuqurligini anglash imkonini beradi.
"Ayolga qasida" – bu ayolning ma’naviy kuch-qudrati va latofatini san’at ko‘zgusida his etish uchun noyob imkoniyat.