https://oz.sputniknews.uz/20250309/ozbekiston-rossiya-murakkab-jarrohlik-amaliyot-48314193.html
O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda murakkab jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi
O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda murakkab jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Buxorolik 60 yoshli bemorda umurtqa pog‘onasida rekonstruktiv operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi.
2025-03-09T14:27+0500
2025-03-09T14:27+0500
2025-03-09T17:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jarrohlik amaliyoti
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45563654_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_61b4a8178121036646344a3a9dcc5b24.jpg
TOShKENT, 9 mart — Sputnik. O‘zbekiston va rossiyalik mutaxassislar murakkab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirishdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.Qayd etilishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan kelgan 60 yoshli bemorda umurtqa pog‘onasida rekonstruktiv operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi. Uch yil davomida u oyoq va bel qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan, og‘riqlar oxirgi 6 oy ichida kuchaygan.Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, umurtqa pog‘onasining beqarorligi tufayli bu sohadagi nerv ildizlari siqilgan. Operatsiyaga transpedikulyar fiksatorni olib tashlash, asab elementlarini dekompressiya qilish, qafas va transpedikulyar vintlar yordamida umurtqalarni mahkamlash kiradi.O‘tgan yili mazkur markazda 11 mingdan ortiq jarrohlik amaliyoti bajarilgan bo‘lib, ularning 62 foizi yuqori texnologiyali bo‘lgan, 30 ga yaqin aralashuv noyob jarrohlik operatsiyalaridir.
https://oz.sputniknews.uz/20250126/travmatologiya-ortopediya-markaz-robot-jarrohlik-47697142.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45563654_111:0:1890:1334_1920x0_80_0_0_1680723c5fca7700cec663da25d08634.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya ya.l.sivyan nomidagi novosibirsk travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroortopediya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi aleksey peleganchuk respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
rossiya ya.l.sivyan nomidagi novosibirsk travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroortopediya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi aleksey peleganchuk respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda murakkab jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi
14:27 09.03.2025 (yangilandi: 17:06 09.03.2025) Buxorolik 60 yoshli bemorda umurtqa pog‘onasida rekonstruktiv operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi.
TOShKENT, 9 mart — Sputnik. O‘zbekiston va rossiyalik mutaxassislar murakkab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirishdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
“Ushbu operatsiya Rossiyaning Ya.L.Sivyan nomidagi Novosibirsk travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroortopediya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksey Peleganchuk bilan birgalikda bajarildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan kelgan 60 yoshli bemorda umurtqa pog‘onasida rekonstruktiv operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi. Uch yil davomida u oyoq va bel qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan, og‘riqlar oxirgi 6 oy ichida kuchaygan.
Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, umurtqa pog‘onasining beqarorligi tufayli bu sohadagi nerv ildizlari siqilgan. Operatsiyaga transpedikulyar fiksatorni olib tashlash, asab elementlarini dekompressiya qilish, qafas va transpedikulyar vintlar yordamida umurtqalarni mahkamlash kiradi.
O‘tgan yili mazkur markazda 11 mingdan ortiq jarrohlik amaliyoti bajarilgan bo‘lib, ularning 62 foizi yuqori texnologiyali bo‘lgan, 30 ga yaqin aralashuv noyob jarrohlik operatsiyalaridir.