Oksana Chusovitina Jahon kubogida oltin medalga ega chiqdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOksana Chusovitina pered vipolneniyem opornogo prijka v finale sorevnovaniy sredi jenshin na chempionate mira po sportivnoy gimnastike v Doxe.
Oksana Chusovitina pered vipolneniyem opornogo prijka v finale sorevnovaniy sredi jenshin na chempionate mira po sportivnoy gimnastike v Doxe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2025
Obuna bo‘lish
Chusovitinaning chiqishi hakamlar tomonidan 13.516 ball bilan baholandi.
TOShKENT, 9-mart — Sputnik. O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina Boku shahri mezbonlik qilayotgan Jahon kubogida final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi. Chusovitina saralash bosqichida 13.266 ball to‘pladi.
"Hal qiluvchi bosqichda u o‘zining sevimli tayanib sakrash dasturida eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chusovitinaning chiqishi hakamlar tomonidan 13.516 ball bilan baholandi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oksana Chusovitina Germaniyaning Kotbus shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0