Malayziyadagi kompaniya Yangi Toshkentda qurilayotgan binolarga quyosh panellari o‘rnatmoqchi

© press-slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta UzbekistanaNa tamojennom postu v Navoiyskoy oblasti ustanovili solnechnie paneli
Na tamojennom postu v Navoiyskoy oblasti ustanovili solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2025
Obuna bo‘lish
Kompaniya O‘zbekistondagi qayta tiklanuvchi elektr stansiyalarini qurish loyihalariga qo‘shilmoqchi.
TOShKENT, 9-mart — Sputnik. Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalariga investitsiya kiritadi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Sunview Group" kompaniyasi bosh direktori Ong Xang Ping bilan uchrashdi. Kompaniya direktori Farg‘ona viloyatida quvvati 200 mVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Andijon viloyatida quvvati 400 mVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish uchun munosib yer maydonlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihalar bo‘yicha ishlarni boshlash uchun kompaniyaning ikki nafar mutaxassisi O‘zbekistonda uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lib turibdi”, — deyiladi xabarda.
Kompaniya quyidagi loyihalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi:
Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilayotgan yirik binolarning tom qismlariga o‘rta quvvatli quyosh panellarni o‘rnatish;
Qashqadaryo viloyatida suv nasos stansiyalarini qayta tiklanuvchi elektr manbalari bilan ta’minlash.
Ma’lumot uchun, "Sunview Group" kompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan. Kompaniya qayta tiklanuvchi energetika sohasida qurilish bo‘yicha loyihalash, qurilish, ishga tushirish va texnik ta’minot yechimlarini taklif etadi. Kompaniya faoliyati davomida Malayziyada jami quvvati 500 MVt dan ortiq quyosh fotoelektrik stansiyalarini ishga tushirgan.
Yangiliklar lentasi
0