O‘zbekistonda noyob minerallar bo‘yicha $2,6 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi
11:32 08.03.2025 (yangilandi: 11:37 08.03.2025)
© Sputnik / Aleksandr KrajevKedrovskiy ugolniy razrez

© Sputnik / Aleksandr Krajev
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari sanoat tajribalari va texnologiya transferini amalga oshirish, zamonaviy laboratoriya va o‘quv markazlari ochish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi uch yilda 28 ta noyob mineral bo‘yicha 2,6 milliard dollarlik 76 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hududida volfram, molibden, magniy, litiy, germaniy, grafit, vanadiy va titan kabi 30 dan ortiq sanoat uchun muhim minerallar mavjud. Lekin ilgari bu imkoniyat to‘la yuzaga chiqarilmagan. Qazilmalarni qidirish, texnogen chiqindilarni qayta ishlab, foydali moddalarni ajratib olish va ulardan mahsulot tayyorlashga investitsiya kiritilmagan.
So‘nggi yillarda tashkiliy asos yaratilib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish bo‘yicha ishlar boshlandi. Taqdimotda tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri bu yo‘nalishdagi imkoniyatlar haqida axborot berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Kelgusi uch yilda 28 ta noyob mineral bo‘yicha 2,6 milliard dollarlik 76 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Eng asosiy vazifa – zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, qimmat xomashoni rudadan ajratib olish, sofligini oshirish va yuqori qiymatli mahsulotlar yaratish ekani ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, “Ingichka” konidagi volfram konsentrati boyitilsa, qo‘shilgan qiymat 2 karra oshadi. Hozircha shu kabi 18 ta loyiha ishlab chiqilgani aytildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o rasshirenii siryevoy bazi kriticheski vajnix dlya promishlennosti mineralov i vipuske produksii s visokoy dobavlennoy stoimostyu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sohada “xomashyo – qayta ishlash – ilm va texnologiya – tayyor mahsulot” zanjirini kengaytirish maqsadida molibden va volframga boy Toshkent va Samarqand viloyatlarida texnoparklar tashkil qilish taklifi bildirildi.
Davlat rahbari bu borada sanoat tajribalari va texnologiya transferini amalga oshirish, zamonaviy laboratoriya va o‘quv markazlari ochish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Umuman, “to‘rtinchi sanoat inqilobi” davrida munosib o‘ringa ega bo‘lish uchun mustahkam zamin yaratish zarurligi ta’kidlandi.