Uch yil ichida 2,3 mingta eskirgan liftlar yangilanadi — vazirlik

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishLift
Lift - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2025
Obuna bo‘lish
Yangi liftlar faqat reyestrga kiritilganidan keyin foydalanishga topshiriladi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Kelgusi uch yilda ko‘p xonadonli uylardagi eskirgan liftlar yangilanadi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy tizim joriy etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.

“Ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini 2025-2028 yillarda yangilash va ta’mirlash dasturi tasdiqlandi. Ma’nan eskirgan va foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan 2 383 ta lift uskunalari yangilanadi va ta’mirlanadi”, - dedi Usmonov.

Shuningdek, bundan buyon yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi liftlar Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi negizidagi elektron reyestrga kiritilgandan keyingina foydalanishga qabul qilinadi.
Dispetcherlik xizmatini boshqarish, lift uskunalarining texnik holatini monitoring qilish va avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etadigan “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi joriy yil 1-mayidan to‘liq joriy qilinadi.
Ushbu platforma ishga tushirilgach, barcha ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini real vaqt rejimda kuzatib borish imkoni yaratiladi. U orqali aholi tomonidan foydalanuvda bo‘lgan liftlarning qachon o‘rnatilganligi, qaysi tashkilot tomonidan texnik xizmat ko‘rsatilishi, texnik ko‘rikdan o‘tganligiga oid ma’lumotlar kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
1 000 000-marta bosiladi: O‘zbekistonda liftlar qayerda va qanday sinovdan o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2024
"Million" marta bosiladi: O‘zbekistonda liftlar qayerda va qanday sinovdan o‘tkaziladi?
Yangiliklar lentasi
0