AQSh Ukrainaga sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini berishni to‘xtatdi

© Foto : NASAMalie iskusstvennie sputniki Zemli CubeSat
Malie iskusstvennie sputniki Zemli CubeSat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2025
Obuna bo‘lish
Ushbu fotosuratlar ukrainalik foydalanuvchilar uchun asosiy sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bazasi bo‘lgan.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. AQShning "Maxar Technologies" aerokosmik kompaniyasi ukrainalik foydalanuvchilarni sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni ko‘rish huquqidan mahrum qildi, deb yozmoqda “Ukraina harbiy portali” nashri.

"Kompaniyaning izoh berishiga ko‘ra, ma’lumotlarni taqdim etishni Vashington tomonidan taqiqlab qo‘yilgan. Bu AQSh hukumatining Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini taqdim etishni taqiqlashining oqibati bo‘lgan. Taqiq ham davlat, ham xususiy foydalanuvchilarga taalluqlidir", — deyiladi xabarda.

Ukrainaning “Kiberboroshno” hamjamiyati ular endi sun’iy yo‘ldosh razvedkasiga ma’lumotlari bazasiga kirish imkoniga ega emasligini ta’kidladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, "Maxar Technologies" shu kunga qadar Ukraina hukumati va xususiy foydalanuvchilar uchun sun’iy yo‘ldoshdan tijoriy tasvirlarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan.
Shu hafta G‘arb OAVlari Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni to‘xtatgani haqida xabar tarqatdi, buni Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff tasdiqladi. Shu bilan birga, Vashington o‘z ittifoqchilarining Kiyev bilan razvedka ma’lumotlarini almashish imkoniyatini to‘sib qo‘ygan.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga barcha turdagi harbiy yordam yetkazib berishni to‘xtatdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu buyruq 4-mart kuni Moskva vaqti bilan 02:00 da kuchga kirdi. "Fox News" xabariga ko‘ra, bu prezident Donald Tramp Kiyev tinchlik muzokaralariga sodiq degan qarorga kelguniga qadar davom etadi.
Flagi SShA i Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQSh Ukrainaga barcha harbiy yordamni to‘xtatmoqda
Yangiliklar lentasi
0