O‘zbekiston Tojikiston bilan geologiya-qidiruv ishlarini olib boradi

© SputnikTadjikistan i Uzbekistan obsudili sovmestnuyu geologorazvedku v GBAO
Tadjikistan i Uzbekistan obsudili sovmestnuyu geologorazvedku v GBAO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2025
Obuna bo‘lish
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari Tojikistonda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 6-mart — Sputnik. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va Tojikiston Bosh geologiya boshqarmasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston boshqarma matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
Uchrashuvda geologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham to‘xtaldi.
Tojikiston bosh geologiya boshqarmasi O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi 8-martga qadar davom etishini qayd etdi. Ekskursiya doirasida mehmonlar geologiya-qidiruv obyektlari va Geologiya muzeyiga tashrif buyurishadi.
“O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik to‘g‘risida protokol imzolash rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
V Tashkente proxodit III Mejdunarodniy kongress i vistavka Gornorudnaya promishlennost Uzbekistana i Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2024
Toshkentda Markaziy Osiyoning tog‘-kon sanoati sohasidagi yetakchilari uchrashdi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0