https://oz.sputniknews.uz/20250305/ozbekneftgaz-hamkorlik-hujjat-48255349.html
“O‘zbekneftgaz” yirik neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlik hujjatini imzoladi
“O‘zbekneftgaz” yirik neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlik hujjatini imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Bokuda “O‘zbekneftgaz”, SOCAR, “KazMunayGaz” va “Tatneft” o‘rtasida to‘rt tomonlama memorandumlar imzolandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati habar berdi.
2025-03-05T15:11+0500
2025-03-05T15:11+0500
2025-03-05T15:11+0500
iqtisod
o‘zbekiston
ozarbayjon
rossiya
qozog‘iston
neft
gaz
o‘zbekneftgaz
ilhom aliyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/05/48255173_0:2:1281:722_1920x0_80_0_0_d7d79109dc7deb1f3bed6658a30fa198.jpg
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Bokuda “O‘zbekneftgaz”, SOCAR, “KazMunayGaz” va “Tatneft” o‘rtasida to‘rt tomonlama memorandumlar imzolandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati habar berdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi bosh direktori Nail Maganov, Qozog‘istonning “KazMunayGaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Asxat Xasenov va O‘zbekiston “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqovni qabul qildi. Muloqot chog‘ida mintaqaning yirik neft va gaz kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi formatdagi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu format kompaniyalarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va birgalikda harakat qilish guruhlarini yaratish, raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minot sohasida ishlarni optimallashtirish, qo‘shma xaridlarni tashkil etish, shuningdek, turli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi. Mintaqaning yirik neft va gaz kompaniyalari rahbarlari energetika sohasida raqamlashtirish, sanoat xavfsizligi va xaridlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi. Qayd etilishicha, ushbu kelishuvlar kompaniyalarning zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishi va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/05/48255173_157:0:1122:724_1920x0_80_0_0_8245189cdb53da79fe48864866347a60.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boku “o‘zbekneftgaz”, socar, “kazmunaygaz” “tatneft” memorandum “o‘zbekneftgaz” axborot xizmati
boku “o‘zbekneftgaz”, socar, “kazmunaygaz” “tatneft” memorandum “o‘zbekneftgaz” axborot xizmati
“O‘zbekneftgaz” yirik neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlik hujjatini imzoladi
Ozarbayjon prezidenti “Tatneft”, “KazMunayGaz” va “O‘zbekneftgaz” rahbarlarini qabul qildi.
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Bokuda “O‘zbekneftgaz”, SOCAR, “KazMunayGaz” va “Tatneft” o‘rtasida to‘rt tomonlama memorandumlar imzolandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati
habar berdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi bosh direktori Nail Maganov, Qozog‘istonning “KazMunayGaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Asxat Xasenov va O‘zbekiston “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqovni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida mintaqaning yirik neft va gaz kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi formatdagi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu format kompaniyalarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va birgalikda harakat qilish guruhlarini yaratish, raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minot sohasida ishlarni optimallashtirish, qo‘shma xaridlarni tashkil etish, shuningdek, turli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi.
Mintaqaning yirik neft va gaz kompaniyalari rahbarlari energetika sohasida raqamlashtirish, sanoat xavfsizligi va xaridlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.
“Xalqaro konferensiya doirasida neft va gaz sanoatida raqamlashtirish, sanoat xavfsizligi va texnologik avariyalarning oldini olish bo‘yicha qator muhim kelishuvlar imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuvlar kompaniyalarning zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishi va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.