https://oz.sputniknews.uz/20250304/temu-platforma-cheklash-48242441.html
“Temu” elektron savdo platformasi faoliyati cheklanadi — Soliq qo‘mitasi
“Temu” elektron savdo platformasi faoliyati cheklanadi — Soliq qo‘mitasi
Sputnik O‘zbekiston
“Temu” elektron savdo platformasi faoliyati cheklanadi — Soliq qo‘mitasi
2025-03-04T18:17+0500
2025-03-04T18:17+0500
2025-03-04T18:17+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
savdo
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/16/47647761_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f6cd2dc160ff251380841bd90ce47557.jpg
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. O‘zbekistonda Xitoyning “Temu” elektron savdo platformasi faoliyati cheklanadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) hamda Soliq qo‘mitasining “Temu” elektron savdo platformasi faoliyatini cheklash to‘g‘risidagi axboroti e’lon qilindi. Qayd etilishicha, Xitoyning savdo platformasi O‘zbekistonning elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmagan. O‘zbekistonda elektron tijoratning yangi qoidalari: nimalar o‘zgaradi?Tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, fuqarolardan bugundan boshlab platformada buyurtma bermasliklari so‘ralgan. Bunda, agar buyurtma bundan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa, platformada to‘lovni qaytarishni tashkil etish tavsiya etiladi. Elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq ILMA tomonidan o‘tkazilgan matubot anjumanida Xitoyning "Temu" marketpleysi O‘zbekistonda bloklanishi mumkinligi ma’lum qilingan edi. Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston qonuniy biznesda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga, shuningdek, bozorga rasman kirishiga yordam berishga tayyor. Biroq "Temu" tomonidan bunday so‘rov bo‘lmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20250227/xitoy-temu-onlayn-dokon-ozbekiston-48154082.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/16/47647761_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c6cc7e2a94c4f92b5d9136a762bfd605.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“temu” elektron savdo platformasi soliq qo‘mitasi cheklash
“temu” elektron savdo platformasi soliq qo‘mitasi cheklash
“Temu” elektron savdo platformasi faoliyati cheklanadi — Soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasi fuqarolarni bugundan platformada buyurtma bermaslikka chaqirdi.
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. O‘zbekistonda Xitoyning “Temu” elektron savdo platformasi faoliyati cheklanadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) hamda Soliq qo‘mitasining “Temu” elektron savdo platformasi faoliyatini cheklash to‘g‘risidagi axboroti e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, Xitoyning savdo platformasi O‘zbekistonning elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmagan.
“O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, 2025-yil 20-martdan boshlab xorijiy elektron savdo platformalaridan, xususan, “Temu” platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi”, — deyiladi xabarda.
Tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, fuqarolardan bugundan boshlab platformada buyurtma bermasliklari so‘ralgan. Bunda, agar buyurtma bundan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa, platformada to‘lovni qaytarishni tashkil etish tavsiya etiladi.
Elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ILMA tomonidan o‘tkazilgan matubot anjumanida Xitoyning "Temu" marketpleysi O‘zbekistonda bloklanishi mumkinligi ma’lum
qilingan edi. Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston qonuniy biznesda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga, shuningdek, bozorga rasman kirishiga yordam berishga tayyor. Biroq "Temu" tomonidan bunday so‘rov bo‘lmagan.