https://oz.sputniknews.uz/20250304/ozbekiston-valday-klub-anjuman-48241789.html
O‘zbekiston “Valday” anjumanida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston “Valday” anjumanida ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston vakillari Irkutskida bo‘lib o‘tayotgan “Valday” xalqaro munozara klubining “Rossiya va Markaziy Osiyo: ko‘p qutbli dunyoda hamkorlik” nomli beshinchi Markaziy Osiyo konferensiyasida ishtirok etmoqda.
2025-03-04T17:41+0500
2025-03-04T17:41+0500
2025-03-04T17:41+0500
o‘zbekiston va yeoii
siyosat
irkutsk
rossiya
yeoii
briks (brics)
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20560964_0:238:2799:1812_1920x0_80_0_0_c9ca5bd751af72b6784884b5f15ed6bb.jpg
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. O‘zbekiston vakillari Irkutskida bo‘lib o‘tayotgan “Valday” xalqaro munozara klubining “Rossiya va Markaziy Osiyo: ko‘p qutbli dunyoda hamkorlik” mavzusidagi beshinchi Markaziy Osiyo konferensiyasida ishtirok etmoqda.Anjumanda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kabi 10 ta davlatdan 50 nafardan ortiq ekspert va siyosiy arboblar qatnashmoqda.Konferensiyaning maqsadi jahon tartibidagi tub o‘zgarishlar sharoitida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspert hamjamiyatining intellektual muhokamasini kengaytirishdan iborat. Dastur to‘rtta tematik sessiya va ochiq muhokamani o‘z ichiga oladi. Sessiyalar davomida ekspertlar ko‘p qutblilik, Yevroosiyo xavfsizligi, xalqaro savdo, demografik muammolar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq mavzularni muhokama qiladi.Konferensiyada so‘zga chiqqan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik qayd etishicha, G‘arb davlatlarining o‘z irodasini majburlash qobiliyati hali ham katta, lekin u allaqachon pasayib bormoqda.U, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi geosiyosiy makonni qaytadan chizish va Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya bilan hamkorlikka qiziqishini kamaytirishga intilmoqda, deb aytdi. Yevroatlantikachilar mintaqani iqtisodiy jihatdan bosib olishga harakatlarini kuchaytirishgan. Ularni mintaqaning energetik salohiyatidan foydalanish imkoniyati o‘ziga jalb qiladi.G‘arbga asoslangan moliya institutlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga sarmoya kiritadi, biroq buning geosiyosiy maqsadlari energiya manbalariga ega bo‘lishdir, deya qo‘shimcha qildi u.Uning ta’kidlashicha, BRIKS+ tomonida tenglik, qaror qabul qilishda mustaqillik va o‘z resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjud. BRIKS Markaziy Osiyo davlatlari bilan chambarchas bog‘langan.Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari “Shimol-Janub” transport koridori ishida faol ishtirok etib, Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirishda ishtirok etmoqda. Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan tahdidlar va tashqi tahdidlar haqida gap ketganda, "terrorizm Yevroosiyo mamlakatlari uchun umumiy tahdiddir, shuning uchun unga qarshi kurash umumiy ustuvor vazifadir", deya qayd etdi Rossiya TIV vakili.
irkutsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20560964_34:0:2765:2048_1920x0_80_0_0_add6e546bde7efcf05378bbf7eb5ff5c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston irkutsk “valday” xalqaro munozara klubi rossiya va markaziy osiyo konferensiya
o‘zbekiston irkutsk “valday” xalqaro munozara klubi rossiya va markaziy osiyo konferensiya
O‘zbekiston “Valday” anjumanida ishtirok etmoqda
Irkutskida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda 10 ta davlatning 50 nafardan ortiq ekspert va siyosiy arboblari qatnashmoqda.
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. O‘zbekiston vakillari Irkutskida bo‘lib o‘tayotgan “Valday” xalqaro munozara klubining “Rossiya va Markaziy Osiyo: ko‘p qutbli dunyoda hamkorlik” mavzusidagi beshinchi Markaziy Osiyo konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Anjumanda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kabi 10 ta davlatdan 50 nafardan ortiq ekspert va siyosiy arboblar qatnashmoqda.
Konferensiyaning maqsadi jahon tartibidagi tub o‘zgarishlar sharoitida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspert hamjamiyatining intellektual muhokamasini kengaytirishdan iborat. Dastur to‘rtta tematik sessiya va ochiq muhokamani o‘z ichiga oladi. Sessiyalar davomida ekspertlar ko‘p qutblilik, Yevroosiyo xavfsizligi, xalqaro savdo, demografik muammolar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq mavzularni muhokama qiladi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik qayd etishicha, G‘arb davlatlarining o‘z irodasini majburlash qobiliyati hali ham katta, lekin u allaqachon pasayib bormoqda.
“AQSh va "jamoaviy G‘arb" dunyo tartibining parchalangani uchun o‘zlariga minnatdorchilik bildirishi kerak: Amerika markazlashgan tartibning qulashi ularning yetakchilikka bo‘lgan ma’naviy huquqlarining zaiflashishi bilan bog‘liq.Bu suveren davlatlarning G‘arb mamlakatlarining o‘nlab yillik iqtisodiy, moliyaviy, harbiy xudbinligiga munosabatida o‘z ifodasini topdi”, — dedi
Aleksandr Sternik.U, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi geosiyosiy makonni qaytadan chizish va Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya bilan hamkorlikka qiziqishini kamaytirishga intilmoqda, deb aytdi. Yevroatlantikachilar mintaqani iqtisodiy jihatdan bosib olishga harakatlarini kuchaytirishgan. Ularni mintaqaning energetik salohiyatidan foydalanish imkoniyati o‘ziga jalb qiladi.
G‘arbga asoslangan moliya institutlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga sarmoya kiritadi, biroq buning geosiyosiy maqsadlari energiya manbalariga ega bo‘lishdir, deya qo‘shimcha qildi u.
Uning ta’kidlashicha, BRIKS+ tomonida tenglik, qaror qabul qilishda mustaqillik va o‘z resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjud. BRIKS Markaziy Osiyo davlatlari bilan chambarchas bog‘langan.
“Rossiya Katta Yevroosiyo Hamkorligi loyihasini taklif qilmoqda - bu mintaqalar o‘rtasidagi aloqa, yangi yo‘nalishlarni yaratish. Birgalikda biz yanada chidamliroqmiz. Iqtisodiy hamkorlikda G‘arb tomonidan yaratilgan to‘siqlarni yengib o‘tishga erishmoqdamiz. Bir qator davlatlarning YeOIIga a’zoligi ularning barqaror iqtisodiy rivojlanishi omili hisoblanadi. Ittifoq faol tashqi iqtisodiy ishtirokchiga aylanib bormoqda”, — dedi Sternik.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari “Shimol-Janub” transport koridori ishida faol ishtirok etib, Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirishda ishtirok etmoqda.
Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan tahdidlar va tashqi tahdidlar haqida gap ketganda, "terrorizm Yevroosiyo mamlakatlari uchun umumiy tahdiddir, shuning uchun unga qarshi kurash umumiy ustuvor vazifadir", deya qayd etdi Rossiya TIV vakili.