Toshkentda “Barhayot siymolar: Navoiy, Bobur, Behzod” ko‘rgazmasi ochildi
Toshkentda “Barhayot siymolar: Navoiy, Bobur, Behzod” ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Sharq miniatura san’ati muzeyida “Barhayot siymolar: Navoiy, Bobur, Behzod” ko‘rgazmasi ochildi. Unda muzey va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fondlaridan olingan miniatura va tasviriy san’at durdonalari namoyish etilmoqda.
Sharq san’ati muzeyida tarix va ijod uyg‘unligiSharq madaniyati va san’atining uch buyuk siymosi – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Kamoliddin Behzod asrlar davomida jahon merosining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Mazkur ko‘rgazmada ularning ijodi O‘zbekiston rassom va haykaltaroshlarining asarlari orqali talqin etilgan.Alisher Navoiy – ma’naviyat va ilhom timsoliAlisher Navoiy – buyuk shoir, davlat arbobi va ma’rifatparvar bo‘lib, u o‘zbek adabiy tilining asoschisi, san’at va fan homiysi sifatida tarixga muhrlangan. Uning ijodi ko‘plab rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan.Ko‘rgazmada Aleksandr Vizelning “Alisher Navoiy hayoti” linogravurasi, Qutlug‘ Basharovning “Shukuhli karvon” illyustratsiyalari hamda Ilhom Jabborovning bronza haykali e’tiborni tortadi. Shuningdek, Bahodir Jalolov va Anvar Mamajonovning grafik ishlari Navoiyning “Layli va Majnun” hamda “Hayrat ul-abror” kabi asarlari motivlarida yaratilgan. Yosh miniaturachi Saida Jalilovaning “Lison ut-tayr” turkumi esa Navoiyning falsafiy qarashlarini tasviriy san’at tilida aks ettirgan. Bobur – shoir va sarkardaZahiriddin Muhammad Bobur – adabiyot va tarixda chuqur iz qoldirgan shoir, olim va sarkarda. Uning ijodi, xususan, “Boburnoma” Sharq adabiyoti va ilm-fanining noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Boburning siymosi rassomlar tomonidan turli janrlarda talqin etilgan bo‘lib, Niyozali Xolmatovning “Kamoliddin Behzod” asari shoirning tarixiy qiyofasini o‘zida aks ettiradi. Behzod – miniatura san’atining betakror namoyondasiKamoliddin Behzod – Sharq miniaturasining buyuk ustasi bo‘lib, u o‘zining nafis va jonli tasvirlari bilan san’at ixlosmandlarini hayratga solib kelmoqda. Ko‘rgazmada uning Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan miniaturalarining nusxalari ham namoyish etilmoqda. Shuningdek, To‘lagan Tojixo‘jayevning marmar haykali Behzodning san’at olamidagi buyuk o‘rnini yodga soladi. San’at va tarix uyg‘unligiKo‘rgazmada Yu.Strelnikov, A.Siglinsev, L.Rabsev, M.Kagarov kabi rassomlarning grafik ishlari hamda A.Boymatovning haykaltaroshlik asari namoyish etilmoqda. Bundan tashqari, mahorat darslari ham tashkil etilib, san’at ixlosmandlariga grafik va miniatura san’ati sir-asrorlari o‘rgatiladi. Navoiy, Bobur va Behzodning merosi asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydi. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi esa ushbu boy madaniy merosni saqlash va targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
kamoliddin behzod nomidagi sharq miniatura san’ati muzeyi “barhayot siymolar: navoiy, bobur, behzod” ko‘rgazmasi muzey o‘zbekiston badiiy akademiyasi fond miniatura tasviriy san’at durdonalari
kamoliddin behzod nomidagi sharq miniatura san’ati muzeyi “barhayot siymolar: navoiy, bobur, behzod” ko‘rgazmasi muzey o‘zbekiston badiiy akademiyasi fond miniatura tasviriy san’at durdonalari
Toshkentda “Barhayot siymolar: Navoiy, Bobur, Behzod” ko‘rgazmasi ochildi
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyida “Barhayot siymolar: Navoiy, Bobur, Behzod” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda muzey va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fondlaridan olingan miniatura va tasviriy san’at durdonalari namoyish etilmoqda.
"Alisher Navoiy". Sharq she’riyati asosida. 1991-yil. Yorqin Axunov (1937-1993). Aralash texnika.
Sharq san’ati muzeyida tarix va ijod uyg‘unligi
Sharq madaniyati va san’atining uch buyuk siymosi – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va Kamoliddin Behzod asrlar davomida jahon merosining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Mazkur ko‘rgazmada ularning ijodi O‘zbekiston rassom va haykaltaroshlarining asarlari orqali talqin etilgan.
Alisher Navoiy – ma’naviyat va ilhom timsoli
Alisher Navoiy – buyuk shoir, davlat arbobi va ma’rifatparvar bo‘lib, u o‘zbek adabiy tilining asoschisi, san’at va fan homiysi sifatida tarixga muhrlangan. Uning ijodi ko‘plab rassomlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Ko‘rgazmada Aleksandr Vizelning “Alisher Navoiy hayoti” linogravurasi, Qutlug‘ Basharovning “Shukuhli karvon” illyustratsiyalari hamda Ilhom Jabborovning bronza haykali e’tiborni tortadi. Shuningdek, Bahodir Jalolov va Anvar Mamajonovning grafik ishlari Navoiyning “Layli va Majnun” hamda “Hayrat ul-abror” kabi asarlari motivlarida yaratilgan. Yosh miniaturachi Saida Jalilovaning “Lison ut-tayr” turkumi esa Navoiyning falsafiy qarashlarini tasviriy san’at tilida aks ettirgan.
Bobur – shoir va sarkarda
Zahiriddin Muhammad Bobur – adabiyot va tarixda chuqur iz qoldirgan shoir, olim va sarkarda. Uning ijodi, xususan, “Boburnoma” Sharq adabiyoti va ilm-fanining noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Boburning siymosi rassomlar tomonidan turli janrlarda talqin etilgan bo‘lib, Niyozali Xolmatovning “Kamoliddin Behzod” asari shoirning tarixiy qiyofasini o‘zida aks ettiradi.
Behzod – miniatura san’atining betakror namoyondasi
Kamoliddin Behzod – Sharq miniaturasining buyuk ustasi bo‘lib, u o‘zining nafis va jonli tasvirlari bilan san’at ixlosmandlarini hayratga solib kelmoqda. Ko‘rgazmada uning Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan miniaturalarining nusxalari ham namoyish etilmoqda. Shuningdek, To‘lagan Tojixo‘jayevning marmar haykali Behzodning san’at olamidagi buyuk o‘rnini yodga soladi.
San’at va tarix uyg‘unligi
Ko‘rgazmada Yu.Strelnikov, A.Siglinsev, L.Rabsev, M.Kagarov kabi rassomlarning grafik ishlari hamda A.Boymatovning haykaltaroshlik asari namoyish etilmoqda. Bundan tashqari, mahorat darslari ham tashkil etilib, san’at ixlosmandlariga grafik va miniatura san’ati sir-asrorlari o‘rgatiladi.
Navoiy, Bobur va Behzodning merosi asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydi. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi esa ushbu boy madaniy merosni saqlash va targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.