O‘zbekistonlik talabalar uchun BAAda o‘qish imkoniyati yaratiladi

© Foto : Unsplash / Fredrik ÖhlanderA view on Dubai, the United Arab Emirates
A view on Dubai, the United Arab Emirates - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
Obuna bo‘lish
BAAning "SkyLine" universiteti rahbariyati O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 2-mart — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bosh konsulxonasi ko‘magida BAAning "SkyLine" universiteti rahbariyatining respublikaga safari tashkil etildi.
© IA DunyoDelegatsiya vedushego universiteta OAE provela plodotvornie peregovori v Uzbekistane
Delegatsiya vedushego universiteta OAE provela plodotvornie peregovori v Uzbekistane
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
Delegatsiya vedushego universiteta OAE provela plodotvornie peregovori v Uzbekistane
BAA tomoni safar davomida Toshkent axborot texnologiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ularda universitetlar o‘rtasida IT- texnologiyalar, turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
"El-yurt umidi" jamg‘armasi mutasaddilari bilan kechgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston talabalari uchun qisqa va uzoq muddatli ta’lim hamda davlat tashkilotlari xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
"SkyLine" universiteti vakillari, shuningdek, "Universityof Management and Future Technologies", "Lumos School", "Diplomat International School", "GlobalEducation.uz" singari ta’lim oliy muassasalarida samarali uchrashuvlar o‘tkazdishdi.
Yangiliklar lentasi
0