Shavkat Mirziyoyev G‘ulomjon Yoqubovni "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
Obuna bo‘lish
G‘ulomjon Yoqubov 60-yildan buyon san’at yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.
TOShKENT, 2-mart — Sputnik. G‘ulomjon Yoqubov "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident tegishli farmonni imzoladi.
"O‘zining katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti, "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi Yoqubov G‘ulomjon Tashpulatovich "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlansin", — deyilgan hujjat matnida.
Madaniyat vazirligiga ko‘ra, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida G‘ulomjon Yoqubov tavallud sanasi munosabati bilan katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Unda Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonini prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

"G‘ulomjon Yoqubov milliy qo‘shiqchilik san’atimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi", — deyiladi xabarda.

G‘ulomjon Yoqubovga mukofotni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva topshirdi.
Ma’lumot uchun, G‘ulomjon Yoqubov 60-yildan buyon san’at yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0