Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab etadi

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishYeAES-2023. Rabota foruma
YeAES-2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
Obuna bo‘lish
Bangkokda BRMga erishishda integratsiya jarayonlarining roli muhokama qilindi.
TOShKENT, 2-mart — Sputnik. Bangkokda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo‘yicha XII Osiyo-Tinch okeani forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy mavzusi Barqaror rivojlanish bo‘yicha 2030 kun tartibini amalga oshirishga qaratilgan barqaror va inklyuziv yechimlarni ilgari surish bo‘ldi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
Forum ishtirokchilari mintaqaviy tendensiyalarni muhokama qilishdi va ilg‘or tajriba almashishdi.
Unda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidan Integratsiyani rivojlantirish departamenti direktori Mikayel Belluyan ishtirok etdi. Belluyan o‘z so‘zida qayd etishicha, mintaqadagi integratsiya jarayonlari mamlakatlar uchun BMT 2030 kun tartibini amalga oshirishda sezilarli yutuqlarga erishish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
“Bu bayonot nafaqat nazariy, balki haqiqiy tajribaga asoslangan. YeIK tashkil etilganidan keyin o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, mintaqaviy integratsiya jarayonlari va BRMlarni amalga oshirish o‘rtasida aniq bog‘liqlikni ko‘rish mumkin”, — dedi u.
Uning aytishicha, BRMga erishish umumiy vazifa bo‘lib, xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilarining sa’y-harakatlarini birlashtirish va resurslarini safarbar etishni talab qiladi.
“YeOII o‘zining xalqaro faoliyati doirasida kuzatuvchi maqomi, imtiyozli va imtiyozsiz savdo shartnomalari, hamkorlik memorandumlari kabi vositalardan foydalangan holda hamkorlar bilan muloqotni faol rivojlantirmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Belluyan.
Bu chora-tadbirlar amalda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish va ishbilarmon doiralarning xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0