MIB 179 milliard so‘m aliment to‘lovlarini undirib berdi

© AOKAOtchet o rabote MIB za yanvar-fevral 2025 goda
Otchet o rabote MIB za yanvar-fevral 2025 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2025
Obuna bo‘lish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga 122,6 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Joriy yilning o‘tgan davrida jami 3,6 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi (MIB).
Voyaga yetmagan shaxslar foydasiga jami 179 mlrd. so‘m aliment pullari undirilib, 1,8 mingdan ortiq aliment to‘lovchilarning ish bandligi masalasi hal etildi va undiruv ularning ish haqlariga qaratildi.
Shuningdek, olib borilgan tushuntirish va profilaktika ishlari natijasida, 1,2 mingdan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi.
Undan tashqari, "Aliment to‘lovlari jamg‘armasi" hisobidan 218 nafar undiruvchilarga 918,1 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi, deyiladi xabarda.
Buroning hududiy boshqarmalarida axborot texnologiyalari yordami bilan muqobil ravishda va masofaviy ishlayotgan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmasdan hamda fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmasdan 95,5 mlrd. so‘mlik (238,4 mingta) hujjatlarning ijrosi ta’minlandi.
Umumiy hisobda 2025-yilning o‘tgan davrida, MIB jami 3,6 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 460 mlrd. so‘mga ko‘p, deyiladi hisobotda.
Yangiliklar lentasi
0