Bugun o‘zbek xokkeyida tarixiy kun

© Federatsiya Xokkeya UzbekistanaU18 sbornaya Uzbekistana po xokkeyu
U18 sbornaya Uzbekistana po xokkeyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi birinchi bor jahon chempionati o‘yinini o‘tkazadi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Bugun xokkey bo‘yicha O‘zbekiston U18 terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor jahon chempionatidagi o‘yinini o‘tkazadi.

Tailandda tashkil etilayotgan III divizionning "B" guruhidagi bahslarda o‘zbekistonlik xokkeychilarning ilk raqibi JAR jamoasi bo‘ladi.
Ta’kidlash joiz, ular musobaqada 1-o‘rinni olishsa, kelasi yil III divizionning "A" guruhida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘yinlar jadvali quyidagicha:
28 fevral: O‘zbekiston – JAR (14:30)
1 mart: Lyuksemburg – O‘zbekiston (14:30)
3 mart: Turkmaniston – O‘zbekiston (14:30)
4 mart: O‘zbekiston – Bosniya va Gersegovina (11:00)
6 mart: Tailand – O‘zbekiston (18:00)
O‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

P.S. O‘zbekiston – JAR o‘yini 12:0 hisobida o‘zbekiston jamoasining ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘zbekistonda xokkey tarixi

1971 yilda birinchi xokkey jamoasi "Spartak" (Toshkent) tashkil etilgan. Oradan bir necha yil o‘tib jamoa nomi “Binokor” deb o‘zgartirildi.

1972 yilda O‘zbekiston xokkey bo‘yicha dunyodagi eng janubiy davlat sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
1973 yilda "Binokor" Sharqiy zonadagi kuchli beshta jamoaga kirdi va butun Sovet Ittifoqida mashhur bo‘ldi.

1973 -1988 yillarda "Binokor" xokkey bo‘yicha SSSR chempionatining birinchi va ikkinchi ligalarida o‘ynagan.

1988 yilda jamoa tarqatib yuborildi va "Yubileyniy" muz saroyi ham o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

2018 yilning mart oyidan O‘zbekistonda xokkeyning yangi tarixi boshlandi. O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rasman ro‘yxatga olindi, bir necha jamoalar tashkil qilindi.

2019 yil yanvar-mart oylarida birinchi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda "Xumo", "Semurg‘", "Binokor" va "Toshkent" klublari ishtirok etdi.
2019 yil sentabr oyida Toshkentning "Xumo" klubi Rossiya, Qozog‘iston va Xitoyning 34 jamoasi orasida 8-o‘rinni egalladi.
2021 yil Samarqandda birinchi muz majmuasi ochildi.

2022 yil Samarqandda rossiyalik murabbiylar ko‘magida “Sherdor” bolalar xokkey maktabi ishga tushdi.

2025 yil. Bugungi kunda O‘zbekistonda 6 ta bolalar xokkey maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda – beshtasi Toshkentda va bittasi Samarqandda.
Xokkeyniy klub Xumo provol blagotvoritelniy Mishkopad!  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2025
"Humo" xokkey klubi yumshoq o‘yinchoqlar xayriya tadbirini o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0