WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2025 xalqaro ko‘rgazmasida nimalar namoyish etildi?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tadbirda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan 116 kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Toshkentda “Ishlab chiqarish texnologiyalari. Yog‘ochsozlik. Mebel va butlovchi qismlar – WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz”da "Iteca Exhibitions" va "ICA Eurasia Group" tomonidan tashkil etilgan. Bu yil ko‘rgazma 21-marotaba o‘tkazilmoqda.
Bu mamlakat mebel sanoati vakillari uchun assortimentni kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va boshqa bozorlarga chiqish maqsadida zamonaviy texnologiyalar, uskunalar, xomashyo va butlovchi qismlar bilan yaqindan tanishish uchun qulay imkoniyatdir. Chet ellik ishtirokchilar ham yangi hamkorlar topishlari mumkin.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Turkiya, Eron, Avstriya, Germaniya, Italiya kabi 10 ta davlatdan 116 ta kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda.
Boshqirdistonning jamoaviy stendida oltita kompaniya namoyish etilgan. Ular xususiy va tijorat sektorlari uchun taxta qoplamalari, zamonaviy geosintetik va gidroizolyatsiya materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, shuningdek, dizayn buyumlari va interyer yoritgichlari, yopishtiruvchi va rezina buyumlar, qayin fanera va yog‘och, uy va ofis uchun noyob ergonomik kursilar ishlab chiqarishga mo‘lljallangan.

"Barcha kompaniyalar juda noyob va respublikani eng yaxshi ko‘rinishda ifodalaydi", — dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi huzuridagi Boshqirdiston vakolatxonasi bosh mutaxassisi Eldar Mulayev.

Ko‘rgazmada uy uchun tayyor mebellar namoyish etilmoqda. Uni Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston kompaniyalari namoyish etmoqda.

“Bizning ishtirok etishimizdan maqsad, albatta, O‘zbekistonda hamkorlar topishdir. Birinchi kundan, ko‘rgazmaning dastlabki soatlaridan kelib chiqib shuni aytmoqchimanki, bizning kompaniyamiz, brendimizni sizning bozoringizda namoyish etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan ko‘plab manfaatdor tomonlar bor. Biz kompaniyamizning mintaqangizda bo‘lishidan xursand bo‘lamiz va faqat ijobiy natijaga umid qilamiz”, — dedi "Ardoni" kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Sergey Miturin.

"Pinskdrev" — yumshoq va shkaf mebellari, matraslar, oshxonalar va boshqalarni ishlab chiqaradigan Belarus mebel kompaniyasi. Kompaniya bir necha yillardan buyon Toshkentda faoliyat yuritib kelmoqda.
“Biz WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasiga boshqa shaharlardagi hamkorlar topish va o‘zimizni biroz kengroq tanishtirish uchun keldik, – deydi kompaniyaning savdo bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Pavel Soxonchuk.
Ko‘rgazmaning alohida paviloni yuqori texnologiyali mashina va uskunalarga bag‘ishlangan. Bu yerda yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblarni ko‘rish, ularning texnik xususiyatlarini baholash, shuningdek, ulardan foydalanish bo‘yicha maslahat olish mumkin.
Rossiyani shkaf mebellari va eshiklarini ishlab chiqarish uchun uskunalar yetkazib beruvchi yetakchi LIGA taqdim etadi. U KDT zavodining Rossiya, Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘istondagi rasmiy vakili hisoblanadi.
Kolomna shahridagi "Bazis-sentr " kompaniyasi mebel ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga yordam beradi: har qanday murakkablikdagi mahsulotni loyihalash, loyiha va texnologik hujjatlarni tayyorlash, xarajatlarni hisoblash yoki korxona uchun yagona axborot maydonini yaratish.
Ko‘rgazmada mebel komponentlarini ko‘rish mumkin: furnitura, aksessuarlar, qo‘shimchalar, plitalar materiallari, stol usti uchun toshlar va boshqalar, shuningdek, mebel kimoviy moddalari va yog‘ochga ishlov berish uchun qoplamalar namunalarini.
Ko‘rgazmada ilk bor "HomeStyle & Gifts" uy-ro‘zg‘or buyumlari va interyer buyumlarining debut ko‘rgazmasi taqdim etildi.
Tadbir haqida batafsil ma’lumot Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0