https://oz.sputniknews.uz/20250227/shavkat-mirziyoev-rejep-tayyip-erdogan-tabrik-48145420.html
Mirziyoyev Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Mirziyoyev Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat yetakchilari Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabrikladi. 27.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-27T09:16+0500
2025-02-27T09:16+0500
2025-02-27T11:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
turkiya
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
tug‘ilgan kun
samimiy tabrik
ramazon oyi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/15/38045570_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_0d1e8944b1c5b9d1cc7652a4dd5fba8b.jpg.webp
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan tabrikladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.O‘zbekiston yetakchisi telefon orqali muloqotda Turkiya yetakchisiga sihat-salomatlik, farovonlik, qardosh turk xalqining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.Davlat rahbarlari Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi bo‘lajak sammitlar kun tartibini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.Suhbat yakunida yetakchilar butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabriklab, qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilashdi
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/15/38045570_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_f860e8e22f0006b11fdad0ade617677d.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an, tug‘ilgan kun, samimiy tabrik, ramazon oyi
jamiyat, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an, tug‘ilgan kun, samimiy tabrik, ramazon oyi
Mirziyoyev Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
09:16 27.02.2025 (yangilandi: 11:40 27.02.2025) Ikki mamlakat yetakchilari Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabrikladi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan tabrikladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston yetakchisi telefon orqali muloqotda Turkiya yetakchisiga sihat-salomatlik, farovonlik, qardosh turk xalqining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
“Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, mamlakatning global maydondagi nufuzi yuksalishida, O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi yuksak darajaga ko‘tarilishida Prezident Rejep Erdog‘anning o‘rni va shaxsiy hissasi alohida qayd etildi. Turli darajalarda faol, sermahsul muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik sur’ati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi bo‘lajak sammitlar kun tartibini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
Suhbat yakunida yetakchilar butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabriklab, qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilashdi