https://oz.sputniknews.uz/20250227/ozbekiston-mayiz-eksport-48149311.html
O‘zbekiston bir oy ichida 7,7 ming tonna mayiz eksport qildi — asosiy xaridorlar
O‘zbekiston bir oy ichida 7,7 ming tonna mayiz eksport qildi — asosiy xaridorlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston shu yilning yanvar oyida xorijga qiymati 9,3 mln dollarga teng bo‘lgan 7,7 ming tonna mayiz eksport qilgan.
2025-02-27T18:01+0500
2025-02-27T18:01+0500
2025-02-27T18:01+0500
iqtisod
o‘zbekiston
baa
qozog‘iston
rossiya
eksport
milliy statistika qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/394/49/3944940_0:162:3067:1887_1920x0_80_0_0_65cdc6d0d95e981e47c6e8b4ba09aa93.jpg.webp
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston xorijga 7,7 ming tonna mayiz eksport qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston shu yilning yanvar oyida xorijga qiymati 9,3 mln dollarga teng bo‘lgan 7,7 ming tonna mayiz eksport qilgan. O‘zbekiston eng ko‘p mayiz eksport qilgan davlatlar: Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda uzum va uni qayta ishlash mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan kishmish-mayiz, iste’mol yo‘nalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni yetishtirishga imkon beradi. O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) eksport qilish imkoniyatlari juda keng. Respublika hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.Mayiz O‘zbekistonning quritilgan mevalar turkumidagi asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Masalan, 2024-yilda xorijga qiymati 79,5 mln dollarga teng bo‘lgan 53,5 ming tonna mayiz eksport qilingan. Unda mayizni sotib olishda Xitoy, Turkiya va Qozog‘iston yetakchilik qilgan.
o‘zbekiston
baa
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/394/49/3944940_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_a8013db9452a64faa2e483531e2513b1.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xorijga mayiz eksport
o‘zbekiston xorijga mayiz eksport
O‘zbekiston bir oy ichida 7,7 ming tonna mayiz eksport qildi — asosiy xaridorlar
O‘zbekiston mayizlarini eng ko‘p sotib olayotgan davlatlar ma’lum qilindi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston xorijga 7,7 ming tonna mayiz eksport qildi, deya xabar berdi
Statistika agentligi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston shu yilning yanvar oyida xorijga qiymati 9,3 mln dollarga teng bo‘lgan 7,7 ming tonna mayiz eksport qilgan.
O‘zbekiston eng ko‘p mayiz eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 2 707 tonna;
Ozarbayjon – 225,2 tonna;
Boshqa davlatlar – 3 126 tonna.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda uzum va uni qayta ishlash mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan kishmish-mayiz, iste’mol yo‘nalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni yetishtirishga imkon beradi.
O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) eksport qilish imkoniyatlari juda keng. Respublika hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.
Mayiz O‘zbekistonning quritilgan mevalar turkumidagi asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Masalan, 2024-yilda xorijga qiymati 79,5 mln dollarga teng bo‘lgan 53,5 ming tonna mayiz eksport qilingan. Unda mayizni sotib olishda Xitoy, Turkiya va Qozog‘iston yetakchilik qilgan.