Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishga oid platforma ishga tushirildi

© Depositphotos / vapmNoutbuk, mobilniy telefon bloknot chashka kofe
Noutbuk, mobilniy telefon bloknot chashka kofe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2025
Obuna bo‘lish
Platformada rus tili, tarix va qonunchilikka oid testlar joy olgan.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Migratsiya agentligi tomonidan rus tili, tarix va qonunchilikka oid testlardan o‘tishga mo‘ljallangan platforma ishga tushirildi.
“Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ruxsatnoma (patent) shartlaridan biri bu - til sertifikati. Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid testlardan muvaffaqiyatli o‘tishingiz uchun Migratsiya agentligi tomonidan yaratilgan platforma sizga ko‘maklashadi!”, — deyiladi agentlik xabarida.
Platformada namunaviy test sinovlarini bajarib, bilimlarni sinab ko‘rish mumkin. Test sinovlari rus tili bo‘yicha bilimlaringizni baholash, imtihon savollari bilan tanishish hamda unga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
© Agentstvo migratsii UzbekistanaMigratsiya agentligi tomonidan rus tili, tarix va qonunchilikka oid testlardan o‘tishga mo‘ljallangan platforma ishga tushirildi.
Agentstvo migratsii Uzbekistana zapustilo sayt, gde mojno proyti probnie testi po russkomu yaziku, istorii i zakonodatelstvu RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2025
Migratsiya agentligi tomonidan rus tili, tarix va qonunchilikka oid testlardan o‘tishga mo‘ljallangan platforma ishga tushirildi.
Masalan, birinchi test namunasida 20 ta mashq keltirilgan. Ulardan ikkitasi audio shaklda. Muloqotni eshitib, to‘g‘ri javobni tanlash mumkin. Barcha javoblar belgilangandan so‘ng, javoblarni tekshirish tugmasi bosiladi.
Umumiy hisobda 7 ta test namunasi orqali bilimlarni sinab ko‘rish mumkin.
Rossiyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun bepul rus tili kurslari ochiladi
O‘zbekistonda rossiyalik ish beruvchilarning talabnomalariga asosan ishga qabul qilish uchun nomzodlar qanday imtihondan o‘tmoqdalar? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
Matbuot markazi
Rossiyalik ish beruvchilarning talabnomalari: nomzodlar qanday imtihondan o‘tishmoqda?
Yangiliklar lentasi
0