Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Anons: Toshkentdagi ekologik muammolar va yechimlar muhokama etiladi

© SputnikPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2025
Obuna bo‘lish
Spikerlar poytaxt havosining sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritishadi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. 27-fevral soat 13:00 da Sputnik matbuot markazida “Toshkentning ekologik muammolari: chora va yechimlar” mavzuda matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.
Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Chiqindilarni boshqarish agentligi rahbarlari ishtirok etadi:
Vacheslav Shi-San – Ekologik davlat ekspertiza markazi direktori o‘rinbosari;
Aziza Sharofova – Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi;
Shuhrat Tojiboyev – Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i;
Umid Munavvarov – Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bo‘lim boshlig‘i;
Nargis Qosimova – “Ekolog” NNT direktori.
Anjumanda Toshkent shahri uchun qaysi ekologik muammolar eng dolzarb ekanligi va ularni hal etish bo‘yicha yaqin yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar haqida so‘z boradi. Xususan, poytaxt havosi sifatini yaxshilash chora-tadbirlari muhokama qilinadi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.
Yangiliklar lentasi
0