https://oz.sputniknews.uz/20250225/marathon-ozbekiston-48105794.html
O‘zbekistonda xayriya marafoni o‘tkaziladi
O‘zbekistonda xayriya marafoni o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Samarkand Marathon doirasida “Online Marathon” xayriya marafoni o‘tkaziladi, deya xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.
2025-02-25T09:00+0500
2025-02-25T09:00+0500
2025-02-25T09:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
marafon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18592541_0:44:3072:1772_1920x0_80_0_0_cc1f474c7cfa9867f17cb75dce8c17db.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "Samarkand Marathon" doirasida “Online Marathon” xayriya marafoni o‘tkaziladi, deya xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.Bu har kimga masofani qulay vaqtda va o‘zi yoqtirgan marshrut bo‘ylab yugurish imkoniyatini beradi. Marafon shu yilning 24-fevralidan 24-martigacha tashkil etiladi. Ishtirok uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.Ishtirok etish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:Ishtirokchilarning yoshi va mavjud masofalar:Ishtirok etish to‘lovi 50 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha bo‘ladi. Barcha tushum xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.Ma’lumot uchun: "Samarkand Marathon" – bu O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xalqaro xayriya poygasi. Poygalar mamlakatda madaniyat va san’at maskanlarini qamrab olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirish muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etishga xizmat qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20241001/dilfuza-allayarova-45928811.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18592541_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_381884463fd7c9d9555040bfc87e782c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston samarkand marathon online marathon xayriya marafoni madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi events.samarkandmarathon.uz https://t.me/samarkandmarathon_bot
o‘zbekiston samarkand marathon online marathon xayriya marafoni madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi events.samarkandmarathon.uz https://t.me/samarkandmarathon_bot
O‘zbekistonda xayriya marafoni o‘tkaziladi
Tashkilotchilar saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirokchilar masofani, shuningdek, yugurish uchun istalgan vaqt va marshrutni tanlashlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonda "Samarkand Marathon" doirasida “Online Marathon” xayriya marafoni o‘tkaziladi, deya xabar berdi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.
Bu har kimga masofani qulay vaqtda va o‘zi yoqtirgan marshrut bo‘ylab yugurish imkoniyatini beradi. Marafon shu yilning 24-fevralidan 24-martigacha tashkil etiladi. Ishtirok uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Ishtirok etish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
events.samarkandmarathon.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish;
yugurish ilovasida qayd etish orqali yugurishni bajarish;
yugurish trekini maxsus botga yuborish - https://t.me/SamarkandMarathon_Bot.
Ishtirokchilarning yoshi va mavjud masofalar:
13 yosh va undan kattalar: 2 km (yugurish, skandinavcha yurish);
16 yosh va undan kattalar: 5 km, 10 km;
18 yosh va undan kattalar: 21,1 km, 42,2 km.
Ishtirok etish to‘lovi 50 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha bo‘ladi. Barcha tushum xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun: "Samarkand Marathon" – bu O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xalqaro xayriya poygasi. Poygalar mamlakatda madaniyat va san’at maskanlarini qamrab olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirish muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etishga xizmat qilmoqda.