https://oz.sputniknews.uz/20250225/baa-ozbekiston-savdo-rasta-48114169.html
BAAda O‘zbekiston savdo rastalari tashkil etiladi
BAAda O‘zbekiston savdo rastalari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi Dubayda bo‘lib o‘tgan “Gulfood 2025” yirik xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
2025-02-25T16:14+0500
2025-02-25T16:14+0500
2025-02-25T16:14+0500
iqtisod
o‘zbekiston
baa
dubay
savdo
mahsulot
eksport
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/805/46/8054623_0:94:1000:657_1920x0_80_0_0_8da3368895ab0be14c3fdd0d650a0a27.jpg.webp
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) “Made in Uzbekistan” savdo rastalari tashkil etiladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi Dubayda bo‘lib o‘tgan “Gulfood 2025” yirik xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.Qayd etilishicha, “Made in Uzbekistan” stendida O‘zbekistonning oziq-ovqat sanoati va agrosanoat kompleksidagi 40 tadan ortiq yetakchi kompaniyasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.Shuningdek, ko‘rgazmada BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko‘rfazi davlatlarining 20 dan ortiq yetakchi chakana savdo kompaniyalari, distributorlari va savdo agentlari qatnashdi.Ko‘rgazmaning dasturi doirasida vazirlikning tashqi savdo departamenti boshlig‘i Inomjon Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Yaqin Sharqdagi eng yirik EIZlar – "KEZAD Group", Fujayra va Dubay integratsiyalashgan iqtisodiy zonalari rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.Muzokaralar yakunida Yaqin Sharqdagi eng yirik NOON elektron tijorat platformasi bilan O‘zbekiston tovarlarini joylashtirish, bond omborlaridan foydalanish, STM (o‘z savdo belgisi) asosida yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish hamda B2B va B2C tarzida eksportga yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
o‘zbekiston
baa
dubay
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/805/46/8054623_0:0:1000:750_1920x0_80_0_0_28f7fd832d5920c2c5d410d5876efab2.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi dubay gulfood 2025 yirik xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasi lulu al maya retail
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi dubay gulfood 2025 yirik xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasi lulu al maya retail
BAAda O‘zbekiston savdo rastalari tashkil etiladi
O‘zbekiston mahsulotlarini Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksport qiluvchi distributorlik markazi ochiladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) “Made in Uzbekistan” savdo rastalari tashkil etiladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi Dubayda bo‘lib o‘tgan “Gulfood 2025” yirik xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, “Made in Uzbekistan” stendida O‘zbekistonning oziq-ovqat sanoati va agrosanoat kompleksidagi 40 tadan ortiq yetakchi kompaniyasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
“Eksport mahsulotlarining keng assortimenti: yangi meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar, yong‘oqlar, dukkaklilar, tabiiy sharbatlar, mineral suvlar va boshqa ekologik toza mahsulotlar namoyish etilgan stend importorlar, distributor va chakana savdo korxonalari e’tiborini o‘ziga tortdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ko‘rgazmada BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko‘rfazi davlatlarining 20 dan ortiq yetakchi chakana savdo kompaniyalari, distributorlari va savdo agentlari qatnashdi.
“Lulu va Al Maya Retail savdo tizimlari rahbariyati bilan o‘zbek mahsulotlari sotiladigan “Made in Uzbekistan” savdo rastalarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazmaning dasturi doirasida vazirlikning tashqi savdo departamenti boshlig‘i Inomjon Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Yaqin Sharqdagi eng yirik EIZlar – "KEZAD Group", Fujayra va Dubay integratsiyalashgan iqtisodiy zonalari rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
“O‘zbekiston mahsulotlarini qayta ishlash hamda Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksport qilish uchun distributorlik markazini ochish, biznes-inkubatorlarni tashkil qilish, saralash va saqlash quvvatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Muzokaralar yakunida Yaqin Sharqdagi eng yirik NOON elektron tijorat platformasi bilan O‘zbekiston tovarlarini joylashtirish, bond omborlaridan foydalanish, STM (o‘z savdo belgisi) asosida yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish hamda B2B va B2C tarzida eksportga yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.