Si Szinpin Rossiya va AQSh o‘rtasida boshlangan muloqotni qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Kitay dlya uchastiya v meropriyatiyax tretyego Mejdunarodnogo foruma "Odin poyas, odin put".
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kitay dlya uchastiya v meropriyatiyax tretyego Mejdunarodnogo foruma Odin poyas, odin put. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Xitoy raisi Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashdi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin Rossiya va AQSh o‘rtasida boshlangan muloqotni qo‘llab-quvvatlashini va Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini topishda yordam berishga tayyorligini bildirdi, deb yozmoqda Kreml.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin telefon orqali suhbatlashdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Iqtisodiyot-savdo, sarmoya, madaniyat, ta’lim va sport sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi.
Shuningdek, Moskvada Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligini nishonlash, Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammiti hamda Pekinda Yaponiya ustidan qozonilgan G‘alabaning 80-yilligi va Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari munosabati bilan bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi.
Aytilishicha, Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi raisiga yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muloqotlari haqida ma’lumot berdi.
Amerika tomoni bizning pozitsiyamizni yaxshiroq tushuna boshladi — Lavrov
“Xitoy tomoni Rossiya va AQSh o‘rtasida boshlangan muloqotni qo‘llab-quvvatlashi hamda Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini topishda yordam berishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlari Rossiya-Xitoy tashqi siyosati munosabatlari jahon munosabatlaridagi eng muhim barqarorlashtiruvchi omil ekanligini alohida ta’kidlashdi. Qayd etilishicha, u strategik xususiyatga ega, tashqi ta’sirga duchor bo‘lmaydi va hech kimga qarshi qaratilmaydi.
“Tramp bilan bajonidil uchrashaman” — Putin Rossiya-AQSh muzokaralari haqida nimalar dedi?
Ukrainskie voyennie. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada mojaro sabablarini bartaraf etmasdan, o‘t ochishni to‘xtatib bo‘lmasligi aytildi
Yangiliklar lentasi
0