Velosport: o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 2 ta oltin medalga ega chiqishdi

© NOKMalayziya prinimayet chempionat Azii po velotreku sredi molodoji i vzroslix.
Malayziya prinimayet chempionat Azii po velotreku sredi molodoji i vzroslix.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Obuna bo‘lish
Dmitriy Bocharov yaponiyalik jahon chempionidan ustun keldi. Samira Ismoilova esa omnium dasturida oltin, ochkolar poygasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ayni kunlarda Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda 16 ta davlatdan 300 nafardan ortiq eng kuchli sportchilar qatnashmoqda.
“O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqaning dastlabki kunlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi”, — deyiladi xabarda.
Erkaklar o‘rtasidagi skretch dasturida Dmitriy Bocharov amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Kazushige Kuboki bilan oltin medal uchun raqobatda ustun keldi. Samira Ismoilova esa omnium dasturida oltin, ochkolar poygasida esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa 27-fevralga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0