https://oz.sputniknews.uz/20250224/surxondaryo-texnikum-novosibirsk-kollej-hamkorlik-48098057.html
Surxondaryodagi texnikum Novosibirskdagi kollejlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Surxondaryodagi texnikum Novosibirskdagi kollejlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi Novosibirskdagi qator kollejlar bilan hamkorlikni kengaytiradi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
2025-02-24T09:30+0500
2025-02-24T09:30+0500
2025-02-24T09:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
surxondaryo
texnikum
kollej
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1b/47339218_0:36:1272:751_1920x0_80_0_0_b0a39865011e800cf5294fbeb9df6e8b.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi Novosibirskdagi qator kollejlar bilan hamkorlikni kengaytiradi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.Novosibirsk qurilish-montaj kolleji bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida texnikum delegatsiyasi Sibir poytaxtiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston tomoni turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etdi va respublikada o‘rta maxsus ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirdi.Novosibirsk qurilish-montaj kolleji direktori Lyudmila Xolinaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati talabga javob beradigan va eng muhimi, turli ishchi mutaxassisliklari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashning butun jarayoni bo‘yicha eng ilg‘or viloyatlardan biridir.Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi Novosibirsk yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat va xizmat ko‘rsatish, avtomobilsozlik va yo‘l xo‘jaligi, elektronika va kompyuter texnologiyalari kollejlari bilan hamkorlik memorandumlari va niyat bayonnomalarini imzoladi.Tomonlar yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professional mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha amaliy tajriba almashish, shuningdek, talabalar delegatsiyalarining tashriflarini muhokama qilishdi.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1b/47339218_111:0:1159:786_1920x0_80_0_0_2707467bd70efcfba22d79d431e8011d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi novosibirsk “dunyo” aa
surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi novosibirsk “dunyo” aa
Surxondaryodagi texnikum Novosibirskdagi kollejlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Tomonlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi Novosibirskdagi qator kollejlar bilan hamkorlikni kengaytiradi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Novosibirsk qurilish-montaj kolleji bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida texnikum delegatsiyasi Sibir poytaxtiga tashrif buyurdi. O‘zbekiston tomoni turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etdi va respublikada o‘rta maxsus ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirdi.
Novosibirsk qurilish-montaj kolleji direktori Lyudmila Xolinaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati talabga javob beradigan va eng muhimi, turli ishchi mutaxassisliklari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashning butun jarayoni bo‘yicha eng ilg‘or viloyatlardan biridir.
“Shaxsan men 2024-yilning noyabr va dekabr oylarida Surxondaryo viloyatiga tashriflarim chog‘ida amin bo‘ldim, u yerda nafaqat mahorat saboqlari o‘tkazish, balki o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan ta’lim jarayonining turli jihatlari bo‘yicha tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldik. Biz har ikki tomon manfaatlari yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettiramiz”, — dedi u.
Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumi Novosibirsk yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat va xizmat ko‘rsatish, avtomobilsozlik va yo‘l xo‘jaligi, elektronika va kompyuter texnologiyalari kollejlari bilan hamkorlik memorandumlari va niyat bayonnomalarini imzoladi.
Tomonlar yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professional mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha amaliy tajriba almashish, shuningdek, talabalar delegatsiyalarining tashriflarini muhokama qilishdi.