https://oz.sputniknews.uz/20250224/navroz-bayram-tayyorgarlik-48100358.html
Navro‘z bayramiga tayyorgarlik boshlandi — tafsilotlar
Navro‘z bayramiga tayyorgarlik boshlandi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi
2025-02-24T13:15+0500
2025-02-24T13:15+0500
2025-02-24T13:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qaror
bayram
navro‘z
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/15/33099242_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_32bc4d7a509bed3ff3348577ae53a5df.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami O‘zbekistonda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida nishonlanadi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan. “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Shuningdek, bayramning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi ma’qullandi hamda bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi. “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi. Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240320/sumalak-tayyorlash-retsept-43057006.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/15/33099242_101:76:1137:853_1920x0_80_0_0_5cca77d9dd5efe00adb90f24f91cbc56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
navro‘z umumxalq bayrami “qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, navro‘z!” bosh g‘oya
navro‘z umumxalq bayrami “qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, navro‘z!” bosh g‘oya
Navro‘z bayramiga tayyorgarlik boshlandi — tafsilotlar
“Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami O‘zbekistonda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida nishonlanadi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi”, — deyiladi hujjat matnida.
Shuningdek, bayramning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi ma’qullandi hamda bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi.
“Bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish maqsadida, ular uchun bayram dasturxoni yoziladi hamda turli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.