Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filialida ochiq eshiklar kuni qanday o‘tdi?
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
G.V Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Karyera kuni bilan birlashtirildi: maktab o‘quvchilari va yuqori kurs talabalari potensial ish beruvchilar – filialning sanoat hamkorlaridan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etishdi.
Universitetning Toshkent filiali uchun 2025-yil alohida yil — universitet 30 yoshga to‘ladi. Yubiley bayrami arafasida bu yerda katta tadbir – ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi, unda Toshkent shahri va viloyatidagi 30 ta maktabdan 700 nafar o‘quvchi qatnashdi.
Filialning ochiq eshiklar kuni har yili tashkil etilib, talabalarga universitet, ularning kelajakdagi kasbi, bitiruvchilar uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Bu yil tadbir “Karyera shu yerdan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazildi va Karyera kuni bilan birlashtirildi.
“Bu ochiq eshiklar kunining gibrid shaklidir. Bu yerda muhim jihat shundaki, biz ushbu bayramga taklif qilgan maktab o‘quvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari yuqori kurs o‘quvchilarimiz bilan birlashib, sanoat hamkorlarimiz – ish beruvchilarimiz tomonidan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mahorat saboqlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi”, — dedi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filiali direktori o‘rinbosari professor Nodira Zokirova.
Filialning ochiq eshiklar kuni ikki oqimda o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga universitetning raqamli resurslari va xizmatlari haqida so‘zlab berildi. Ular maxsus digital joylarga tashrif buyurishdi.
Faol talabalar ham o‘quvchilarga universitet haqida gapirib berishdi. Ulardan biri Biloliddin Omonullayev. Ufilialda talabalarning salohiyatini yuzaga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga ishonch bildirdi.
“Universitetimiz talabalarni faol qo‘llab-quvvatlab, ularga har yili Moskvadagi “Plexanov nomidagi Iqtisodiyot universitetining yetakchilari” loyihasi asosida o‘tkaziladigan intensiv ta’lim dasturida qatnashish imkoniyatini beradi. Bu haqiqatan ham tajriba almashish, yetakchilik va kasbiy mahoratni rivojlantirish uchun noyob imkoniyatdir”, — dedi u.
Darvoqe, Biloliddinning o‘zi ham ushbu intensiv kursda qatnashgan, Samara shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak fani – yoshlar fani” IX Butunrossiya yoshlar ilmiy forumida universitet nomidan ham ishtirok etgan.
Ochiq eshiklar kunida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ular uchun kampus bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi, universitet an’analari bilan tanishtirildi.
“Filial talabalari juda tig‘iz va qizg‘in va intensiv o‘quv jarayoni bilan yashashmoqda, — deydi “Huquqiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Ravshan Nazarov. — Bu yerga xorijlik mehmonlar, iqtisodiyot fanlari, IT-texnologiyalari va boshqa ko‘plab soha va yo‘nalishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tez-tez kelib turadi. Masalan, chinakam ajoyib an’ana bor: har yili oktabr oyida tog‘li hududdagi so‘lim hududda faollar maktabi o‘tkaziladi, unda o‘quvchilar yetakchilik fazilatlarini namoyon etib, jamoada ishlashni o‘rganishadi”.
Mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlik — filial faoliyatining tamoyillaridan biridir. Hozirda ular texnologik rivojlanish kursini belgilab, raqamli ko‘nikmalarga ega iqtisodchilarni tayyorlamoqda. Shuningdek, filial negizida ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etishga qaror qilindi.
Nodira Zokirova ta’kidlaganidek, sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or muhandislik maktabi ikki yo‘nalishda ishlaydi. Birinchisi, innovatsiyalar, sun’iy intellekt va bank-moliya sohasi mutaxassislari, yetakchilarini bitirishdir. Ikkinchisi esa, zarur va iqtisodiyotning milliy tarmoqlari voqeligiga moslashtiriladigan mutaxassislar – muhandislar va iqtisodchilarni tayyorlashdir.