Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus harbiy operatsiya a’zolari Rossiya kelajagi uchun kurashmoqda — Putin

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vozlojil sveti k Mogile Neizvestnogo Soldata
Prezident Vladimir Putin vozlojil sveti k Mogile Neizvestnogo Soldata   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2025
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari 11 nafar harbiy xizmatchiga “Oltin yulduz” medalini topshirdi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlga yig‘ilgan Rossiya Qahramonlarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
“Xayrli kun, aziz o‘rtoqlar. Sizlarni azaldan harbiy jasoratlarga, Vatan uchun kurashgan ajdodlarimiz avlodlari xotirasiga hurmat timsoliga aylangan Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman. Shu kuni biz faxriylarimiz, Ulug‘ Vatan urushining frontdagi askarlari, o‘z hayotini qurolli kuchlar bilan bog‘lagan, milliy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatimiz fuqarolarining hayoti, huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan eng muhim vazifalarni hal etish bilan bog‘langan barcha insonlar haqida alohida, samimiy tuyg‘ular bilan gapiramiz”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Uning qayd etishicha, maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilari adolat, tinchlik va Rossiya xalqining kelajagi uchun mardonavor kurashmoqda.

“Sizlar (maxsus harbiy operatsiya a’zolari – tahr.) Rossiya qorovulida turib, haqiqat va adolat, tinchlik, xalqimiz kelajagi uchun mardonavor kurashasiz. Mamlakat maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilari va ularning Vatan himoyasiga qo‘shgan hissasi bilan faxrlanadi”, — dedi Vladimir Putin.

“Mamlakat sizlar, jasoratingiz, Vatan himoyasiga qo‘shgan hissangiz bilan faxrlanadi. Jasoratingiz, fidoyiligingiz, burchingizga sodiqligingiz va Vatanga muhabbatingiz uchun rahmat. Sizni Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlanganingiz bilan tabriklayman va xizmatingizda yanada muvaffaqiyatlar tilayman”, - dedi Putin.
Rossiya o‘z maqsadlariga o‘z harbiy xizmatchilari tufayli erishmoqda, dedi Rossiya prezidenti.

“Sizning sa’y-harakatlaringiz bilan biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishmoqdamiz, sizlar, jasoratlaringiz, Vatan himoyasiga qo‘shgan hissangiz bilan yurt faxrlanadi, – dedi Rossiya rahbari.

Putin 11 nafar harbiy xizmatchiga “Oltin yulduz” (Zolotaya Zvezda) medalini topshirdi. Marosimda Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0